Sog‘lom hayot uchun yangi qadam: Apple'dan Health+ ilova

Sog‘lom hayot uchun yangi qadam: Apple'dan Health+ ilova
Qisqacha

Apple Health+ nomli ilovasi orqali iPhone'larni shaxsiy shifokorga aylantirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Bloomberg agentligi. Sun'iy intellekt asosida ishlaydigan ilova foydalanuvchining kundalik salomatligini kuzatib, hayot tarzi, uyqu, ovqatlanish va jismoniy faollik bo'yicha individual tavsiyalar beradi. Health+ shaxsiy SI maslahatlari, shifokor va fitnes ekspertlari videolari, ovqatlanish nazorati hamda Apple Watch bilan integratsiyani o'z ichiga oladi.

Sog‘lom hayot uchun yangi qadam: Apple'dan Health+ ilova

Apple yangi yo‘nalishda katta qadam tashlamoqda — kompaniya o‘zining Health+ nomli ilovasi orqali iPhone'larni shaxsiy shifokorga aylantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Yangi ilova sun’iy intellekt asosida ishlab, foydalanuvchining kundalik salomatligini kuzatish, tahlil qilish va individual tavsiyalar berishni maqsad qiladi. Tizim foydalanuvchi ma’lumotlariga asoslanib, hayot tarzi, uyqu, ovqatlanish va jismoniy faoliyat bo‘yicha aniq tavsiyalar taqdim etadi.

Health+ ilovasi quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi:
– Shaxsiy SI maslahatlari: foydalanuvchi uchun sog‘liq bo‘yicha maxsus tavsiyalar shakllantiriladi.
– Mutahassis videolari: turmush tarzini sog‘lomlashtirishga qaratilgan shifokor va fitnes ekspertlarining videolari joylashtiriladi.
– Ovqatlanish nazorati: ilova foydalanuvchining kunlik ratsionni kuzatib boradi va parhez bo‘yicha maslahatlar beradi.
– Apple Watch integratsiyasi: soat orqali o‘lchanadigan yurak urishi, uyqu va harakat ma’lumotlari ilova bilan sinxronlashtiriladi.

Apple vakillarining ta’kidlashicha, agar Health+ loyihasidagi sun’iy intellekt agenti muvaffaqiyatli ishga tushsa, kompaniya sog‘liqni saqlash texnologiyalari bo‘yicha yetakchi o‘yinchiga aylanishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar