date

Ilon Mask: Quyosh issiqligini sun’iy yo‘ldoshlar bilan boshqarishi mumkin

Ilon Mask: Quyosh issiqligini sun’iy yo‘ldoshlar bilan boshqarishi mumkin

Ilon Mask insoniyat tarixidagi eng g‘ayrioddiy g‘oyalardan birini ilgari surdi. Unga ko‘ra, insonlar kelajakda Quyoshdan Yerga yetib kelayotgan nurlanish miqdorini sun’iy yo‘ldoshlar yordamida nazorat qilishi mumkin. Bu haqda u X (sobiq Twitter) platformasida yozib, “faqat juda ozgina o‘zgarishlar bilan iqlimni barqarorlashtirish mumkin” degan fikrni bildirdi.

Maskning konsepsiyasi Quyosh nurlanishini boshqarish — Solar Radiation Management (SRM) — g‘oyasiga asoslangan. Ya’ni, Yer va Quyosh orasida “aqlli oynalar” yoki maxsus ekranlar o‘rnatilib, ular nurlanishni to‘sish yoki aks ettirish orqali iqlim muvozanatini saqlaydi.

Hozircha bu faqat nazariy fikr bo‘lsa-da, u global miqyosda katta bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Iqlimshunoslar bunday tizimni texnik jihatdan o‘ta murakkab va xavfli deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, Quyosh nurlanishini sun’iy ravishda o‘zgartirish Yerdagi tabiiy muvozanatni buzib, o‘simliklar, hayvonlar va butun ekotizim uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ilon Mask hozirda 9 mingdan ortiq Starlink yo‘ldoshlarini boshqaradi, ammo ular internet ta’minoti uchun mo‘ljallangan. Quyoshni to‘sish loyihasi uchun esa mutlaqo yangi turdagi — o‘zgaruvchan optik qoplamali, “aqlli” oynaga ega yo‘ldoshlar kerak bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Texno » Ilon Mask: Quyosh issiqligini sun’iy yo‘ldoshlar bilan boshqarishi mumkin