
UFC olami yana bir katta intriga ostonasida. Yengil vazn toifasining sobiq chempioni, tamomila o‘z jangi va bosimi bilan tanilgan Islom Maxachev yaqinda paydo bo‘lgan yangi maqsadini oshkor qildi. Unga ko‘ra, agar u 16-noyabr kuni bo‘ladigan UFC-322 katta jangda Jek Della Maddalenani yengsa, keyingi jangini Oktagon afsonalaridan biri — Kamar-u Usmanga qarshi o‘tkazish niyatida.
Maxachev fikricha, Usman hali ham yuqori raqamli raqiblar qatorida. «Jekdan keyin Kamar-u Usman, deb o‘ylayapman. U yarim o‘rta vaznda kamarni eng ko‘p himoya qilgan jangchilardan biri. Hozir ham juda yaxshi holatda turibdi», — dedi Maxachev o‘z bayonotida.
Usman UFC tarixidagi eng hurmatli chempiononlardan biri. 2019-yil mart oyida yarim o‘rta vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan «Nigeriya Mechigi» besh marotaba kamarni muvaffaqiyatli himoya qilib, o‘z kuchini isbotlagan. Keyingi yillarda esa Leon Edvards va Hamzat Chimayevga qarshi janglarda mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, keyingi chiqishida Xoakin Baklini yengib, yana yuqori pog‘onaga qaytishga ishora berdi.
Hozir barcha e’tibor UFC-322 galasiga qaratilib turibdi. Maxachev va Maddalena o‘rtasidagi asosiy jang yarim o‘rta vazndagi chempionlik tarifi uchun hal qiluvchi to‘qnashuv bo‘ladi. Avstraliyalik Maddalena hozirgi kunda rivojlanayotgan eng xavfli jangchilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Ular o‘rtasidagi jangda kim g‘olib chiqishidan qat’i nazar, Maxachevning keyingi rejasi UFC muxlislari uchun yana bir ulkan super-jangga ishora qilmoqda. Usman kabi tajribali raqibga qarshi to‘qnashuv esa Oktagon tarixidagi eng intizor qilingan duellardan biriga aylanishi aniq.
Maxachev avval Maddalenani yengib o‘tishi kerak. Lekin agar rejalar amalga oshsa, UFC yana bir katta jangga guvoh bo‘lishi ehtimol.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.