date

Germaniya sudi ChatGPT'ni mualliflik huquqini buzishda aybdor deb topdi

Germaniya sudi ChatGPT'ni mualliflik huquqini buzishda aybdor deb topdi

Myunxen sudi ChatGPT'ni musiqachilar, jumladan, nemis rokeri Gerbert Grenemayerning mualliflik huquqini buzgan deb topdi. Bu haqda Pravilamag xabar bermoqda.

Sud OpenAI sun’iy intellektni o‘qitishda to‘qqizta nemis qo‘shig‘idan foydalanganini aniqladi, shu jumladan Grenemayerning "Mayenner" va "Bochum" xit qo‘shiqlari. Kompaniya mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan foydalanganlik uchun zararni qoplash majburiyatini oldi.

OpenAI'ning ta’kidlashicha, kompaniya neyron tarmoqlari ma’lum asarlarni saqlamaydi va nusxalashtirmaydi, balki ularni o‘qitishda foydalanilgan barcha ma’lumotlar to‘plami asosida o‘rganganlarini aks ettiradi. Germaniya sudining fikriga ko‘ra, chatbot javoblarida qo‘shiq matnlarini yodlash va takrorlash musiqiy kompozitsiyalardan foydalanishga nisbatan mualliflik huquqini buzish hisoblanadi.

OpenAI'ga qarshi da’vo kompozitorlar, matn mualliflari va nashriyotchilar a’zo bo‘lgan GЕMA nemis musiqa mualliflik huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Germaniya sudi ChatGPT'ni mualliflik huquqini buzishda aybdor deb topdi