12:30 / 11.02.2018
8 542

Okean suvi to‘lqinlari tebranishini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma

Okean suvi to‘lqinlari tebranishini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma
Bugungi innovatsion texnologiyalar asrida har kuni albatta kimdir, yangi nimadir kashf qilmoqda, lekin ularning juda ko‘pchiligi elektr asboblarini tarmoqqa ulab, tiqib qo‘yadigan moslama – oddiygina elektr rozetkasiga, yanada aniqroq tushuntiradigan bo‘lsam, elektr energiyasi deb ataluvchi, ya’ni o‘tkazgich simlar bo‘ylab “chopadigan” zarrachalar oqimiga bog‘liq. Elektr energiyasini hosil qilishning an’anaviy usullari esa g‘oyatda ko‘p xarajatli va ekologik jihatdan zararli. Shuning uchun ham energiya olishning muqobil manbalarini izlash nihoyat darajada dolzarb hisoblanadi.

Avstraliyaning Pert shahrida joylashgan, Carnegie Wave Energy Limited energetika kompaniyasi SETO deb nomlangan loyihani, ya’ni dengiz elektrostansiyasini amalga joriy qilmoqda. Qalqovuch-stansiya, okean suvlarining to‘lqinlari energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Bunday suzuvchi stansiya 1999 yildan beri, ya’ni 16 yil davomida o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi. Bugun quvvati bor-yo‘g‘i 80 vatt bo‘lgan mittigina prototipdan tortib, to bir megovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan, ulkan dengiz meduzalarini eslatuvchi elektrostansiya to‘la quvvat bilan ishlamoqda.

Nima deb o‘ylaysiz, bu balki sayyoramiz ekologiyasini saqlab qolishning eng asosiy yo‘llaridan birimikan? Keling gapni uzoq cho‘zib o‘tirmalik-da jarayonni suratlarda kuzata qolamiz.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Okean suvi to‘lqinlari tebranishini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma