09:28 / 05.03.2018
3 714

Bor-yo‘g‘i 30 soniyada quvvatlanuvchi akkumulyator yaratildi

Bor-yo‘g‘i 30 soniyada quvvatlanuvchi akkumulyator yaratildi
Oddiy batareyalar uzoq quvvatlanadi, xavfsiz emas, vaqti kelib ishdan chiqadi va bundan tashqari, ekologik vaziyatga salbiy ta’sir qiladi – agar ular chiqindiga tashlansa, ularning elementlari uzoq vaqt parchalanmay, atrof-muhitni ifloslantiradi. Shu sababli Koreya ilg‘or texnologiyalari instituti (KAIST) muhandislari bu borada o‘zgarish qilish maqsadida 30 soniyada quvvatlana oladigan va yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklardan xoli yangi quvvat manbaini yaratishdi.

Professor Ching Ku Kang boshchiligidagi tadqiqotchilar jamoasi yangi quvvat manbai asosi sifatida olingan grafen sirtida tolasimon polimer zanjirlar va metalloksid nanokatodlarni birlashtirishdi. Grafenni uning tuzilishi quvvat to‘plovchi maydonini oshirishi va demak, buning natijasida akkumulyator sig‘imi oshishi sababli tanlangan.

Qurilma standart tok kuchidan 100 marta kuchliroq tok kuchida quvvatlana oladi, uning to‘liq quvvatlanishi uchun kam quvvatli USB-razyom qo‘llanganda ham bor-yo‘g‘i 20-30 soniya vaqt talab etadi.

Muhandislarning fikricha, ularning ixtirosi nafaqat tez quvvatlanadi, balki uzoqroq ishlaydi. Bundan tashqari, u barqarorroq va ekologik tozaroq bo‘lib, bunday akkumulyatorni yaratishning osonligi u yaqin orada ommaviy ravishda ishlab chiqarilishiga umid beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bor-yo‘g‘i 30 soniyada quvvatlanuvchi akkumulyator yaratildi