«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi hamda Boeing korporatsiyasi navbatdagi Boeing-787-8 Dreamliner yo‘lovchi samolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Boeing matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirgi listing narxlari bo‘yicha samolyot 239 mln dollarga baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu qo‘shimcha samolyotni hisobga olgan holda, O‘zbekistonning milliy aviatashuvchisi 2020 yilgacha o‘z parkida ushbu turdagi oltita samolyotga ega bo‘lishi xabar qilingandi. Joriy yilning may oyi o‘rtalarida yetkazib berilishi kutilayotgan uchinchi Dreamliner MAK aviaparkida mavjud bo‘lgan avvalgi ikkita Boeing-787-8 Dreamliner’dan yo‘lovchi o‘rindiqlarining soni oshiqligi - umumiy soni 270 (biznes klassda 24ta, iqtisod klassda 246ta) va ekipaj dam olishi uchun alohida bo‘linma tashkil etilganligi bilan farqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda