Foto: «Hi-tech.mail.ru»
Xitoyning «Beijing Lingyun Intelligent Technology» kompaniyasi avtonom boshqariladigan ikki o‘rindiqli «Lingyun 1703» elektromobilini yaratdi, deb xabar beradi «Xabar» nashri.
«Lingyun 1703» o‘z tashqi ko‘rinishi bilan mototsiklni eslatadi: unga atiga ikkita g‘ildirak o‘rnatilgan, ichida bitta o‘rindiq bo‘lsa-da, ikkita eshikka ega.
Girokarning uzunligi uch metrga, eni esa atiga 1 metrga teng. Uning o‘ziga xos jihati — salondagi o‘rindiq ostiga girsokop o‘rnatilgan bo‘lib, bu elektromobilga gorizontal holatini saqlab qolishda yordam beradi.
Mashina harakatsiz turganida ham muvozanatni saqlab qolishi uchun muhandislar eshik ostiga qo‘shimga yig‘ma g‘ildirak joylashtirgan. Girokar avtonom harakatlanishga mo‘ljallangani sabab uning ichida an’anaviy boshqaruv tizimlari mavjud emas: yo‘lovchining qarshisidan birgina ko‘ngilochar tizimlardan iborat monitor o‘rin oladi. Mazkur mashinaning maksimal tezligi 100 kilometr/soatga teng. Bir marta quvvatlanish orqali deyarli 100 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir.
Loyihaga ko‘ra, «Lingyun 1703» yiliga 5-10 ming nusxada ishlab chiqariladi va uning narxi 15 ming dollar atrofida bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi