Bank of America ekspertlarining maʼlum qilishicha, agarda Apple ishlab chiqarishni AQSHga koʻchiradigan boʻlsa, iPhone narxi sezilarli darajada oshadi. Masalan, ishlab chiqarish toʻliq koʻchirilsa, ayfon narxi 20%ga koʻtariladi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Bu boradagi gap-soʻzlar AQSH prezidenti Trampning iPhoneʻlarni Xitoyda emas, AQSHda yigʻish haqidagi taklifidan soʻng yana yangilandi. Bank of America tahlilchilarining taxminlariga koʻra, nazariy jihatdan Apple smartfonlar yigʻishni AQSHga koʻchirishi mumkin, ammo bundan isteʼmolchilar zarar koʻradi. Ekspertlarning baholashlaricha, ishlab chiqarish 10%ga koʻchiriladigan boʻlsa, mahsulot narxi 8%ga oshadi. Agarda zavodlar 50 yoki 100%ga koʻchiriladigan boʻlsa, u holda gadjetlar narxi mos ravishda 14 va 20%ga koʻtariladi.
Bu birinchi navbatda kompleks ishlab chiqarishdagi yuqori xarajatlar bilan bogʻliq. Masalan, amerikalik ishchilarning maoshi xitoylik hamkasblarinikiga nisbatan 2,6 baravarga koʻp. Apple vakili gadjetlar narxi oshishi mumkinligi haqidagi taxminlarga izoh bildirmadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi