2 512
Oʻzbekiston AQSH va Yevropadan zamonaviy yoʻlovchi vertolyotlarini sotib olishi mumkin

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK URALHELICOM kompaniyasi direktori Aleksey Mixaylov bilan zamonaviy vertolyotlarni sotib olish masalasini muhokama qildi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar Robinson Helicopter Company (AQSH) va Airbus Helicopters (Fransiya, Germaniya) ishlab chiqaruvchilarining yoʻlovchi vertolyotlarini yetkazib berish sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
A.Mixaylovning aytishicha, uning kompaniyasi yoʻlovchi tashuvchi, sanaviatsiya, qidiruv-qutqaruv, hududlarni patrul qilish, havo ekskursiyasi uchun vertolyotlarni sotib olishni tashkil etish, ularni yetkazib berish, foydalanishda texnik koʻmak berish hamda servis xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanadi.
“Yuqorida nomi aytib oʻtilgan ishlab chiqaruvchilarning koʻp maqsadli yengil vertolyotlari dunyoda eng mashhurlari boʻlib, oʻzining ishonchliligi va qulayligi sharofati bilan sotilishi boʻyicha ham yetakchidir. Milliy aviakompaniya rahbariyati kompaniya taklifiga qiziqish bildirib, uni koʻrib chiqishga tayyor ekanligini aytdi”, - deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, URALHELICOM(“Ural vertolyot kompaniyasi”) Amerikaning Robinson Helicopter Company hamda Airbus Helicopters (Eurocopter) kompaniyalarining Rossiyadagi rasmiy dileri hamda distribyuteri hisoblanadi.
Mazkur kompaniya AQSH va Yevropadan Rossiya hamda MDHga aʼzo boshqa davlatlar hududlarida xorij vertolyotlarini sotib olish, foydalanish boʻyicha kompleks xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Singapurda muslima olima besh daqiqada koronavirusni aniqlaydigan test ishlab chiqdi

O‘zbekiston havo yo‘llari har biri 99 mln dollar bo‘lgan 4 dona samolyot xarid qiladi

Noutbukni ishlatishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

“Beeline” O‘zbekistondagi “Eurasia Mobile Challenge” g‘oliblarini e’lon qiladi

Apple kompaniyasi iPhone telefonini himoyalovchi mexanizm ixtirosini patentladi

VVS televizor kanallarini fikr orqali almashtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazmoqda