Sony o‘zining Reon Pocket deb nomlangan portativ konditsioneri uchun to‘lovlarni qabul qilmoqda. Bu tanani sovutish yoki isitishda qo‘l keladigan kichik qurilmadir.
Reon Pocket kichikroq smartfon hajmidagi Bluetooth-qurilmasi bo‘lib, maxsus ko‘ylakning bo‘yin qismidagi cho‘ntakda joylashadi. So‘ngra, shunchaki dasturga ulanib, tugmani bosishingiz bilan mitti qurilma issiqlikni yuta boshlaydi yoki tarqatadi.
Jazirama kunlarda mini-konditsioner haroratni selsiy shkalasi bo‘yicha 13 darajaga pasaytira oladi. Qish faslida esa, qurilma sakkiz darajagacha iliqlikni ta’minlashi mumkin.
Gadjet iOS va Android tizimlarida ishlaydi, uning to‘liq quvvati 24 soatga yetishi ko‘zda tutilgan. Akkumulyator USB-C orqali ikki soatda to‘ladi. Uskunaning og‘irligi atigi 85 gramm.
Reon Pocket'ning 2 xil varianti ishlab chiqilgan. Standart yechimda sozlamalar ko‘proq va avtomatik tarzda ishlay oladi. Osonlashtirilgan muqobilini faqatgina qo‘lda boshqarish kerak, shunga yarasha uning narxi pastroq.
Konditsionerning versiyasi va u bilan birga sotib olinadigan ko‘ylakning soniga qarab umumiy narx 117–175 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Gadjetni faqatgina Yaponiyada buyurtma qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi