13:45 / 08.05.2020
4 469

Quvvatlantirish qurilmasining o‘zini rozetkada qoldirish mumkinmi?

Quvvatlantirish qurilmasining o‘zini rozetkada qoldirish mumkinmi?
Foto: ITIWEB
Bugungi kunda dunyoning deyarli barcha aholisi o‘z mobil telefoniga ega. Parallel ravishda ko‘plab smartfon egalarini zaryadlovchi qurilmani yoniq holda rozetkada tashlab ketish mumkinmi, degan savol ham qiynab keladi. ITIWEB bu boradagi o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Yong‘in ehtimolligi
Ko‘pincha xonadonlarda yong‘in yuzaga kelishiga gadjetning zaryadlovchi qurilmasidan foydalanish qoidalarining buzilishi sabab bo‘ladi. Bunda qurilmaning turi muhim emas — elektroskuter, iPad, netbook, smartfon — har qanday elektr qurilmasi quvvatlantirish tugaganidan so‘ng o‘chirib qo‘yilishi kerak.

Gap shundaki, elektr quvvatlantirishdan so‘ng elektr tarmog‘idan chiqarib olinmagan zaryadlovchi qurilma o‘z ishini davom ettiradi va qizishni boshlaydi. Albatta, qurilma yuqori sifatga ega bo‘lsa, xavotirlanishga o‘rin yo‘q. Arzon brendlar mahsulotidan foydalanilsa, ehtiyot bo‘lish va qurilmani nazoratsiz qoldirmaslik kerak.

Iste’mol qilinuvchi elektr energiyasi
Ko‘pchilik telefon zaryadlovchi qurilmaga ulanmagan bo‘lsa, u elektr energiyasini sarf qilmaydi, deb o‘ylaydi. Aslida bunday emas. Bu kabi vaziyatda rozetkaga ulangan smartfonning zaryadlash qurilmasidagi tok kuchi nolga teng. Biroq elektr energiyasi juda kam miqdorda bo‘lsa-da, sarflanadi. Shunchaki, juda kam ko‘rsatkichda.

Xavfsizlik
Smartfonning texnik pasportida aniq bir qoida bor, xavfsizlik nuqtai nazaridan belgilangan maqsadlar uchun ishlamayotgan qurilmalar elektr tarmog‘idan uzilgan bo‘lishi kerak.

Bunga amal qilinmasa nima bo‘ladi? Deyarli hech nima. Chunki zamonaviy qurilmalarda ichki xavfsizlik tizimi mavjud. Quvvatlantirish bloki doim elektr tarmog‘ida tursa ham yong‘in yuzaga kelmasligi mumkin. Biroq kafolatni faqatgina sifatli ishlab chiqaruvchi bera oladi. Qurilma Xitoyning arzon mahsuloti bo‘lsa va rozetkaga ulangan vaqtida ham qizisa, (smartfonsiz) uni o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi.

Ehtimoliy xavf
Elektr tarmog‘idagi elektr tokining o‘zgaruvchanligi qurilmani buzilishiga va hatto yonib ketishiga olib kelishi mumkin.

Yoz faslida elektr tarmog‘iga ulangan zaryadlovchi qurilma momaqaldiroq vaqtida xavf tug‘dirishi mumkin. Yashin har qanday qurilmani yaroqsiz holga keltirishi mumkin.

Xulosa
Yuqorida keltirilgan misollardan kelib chiqilsa, zaryadlar qurilmasi ishlatilmayotgan vaqtda uni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish eng xavfsiz qaror hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Quvvatlantirish qurilmasining o‘zini rozetkada qoldirish mumkinmi?