18:25 / 04.06.2020
2 608

Rossiyalik muhandislar Lada Piora’ni ulkan o‘rgimchakka aylantirdi (video)

Rossiyalik muhandislar Lada Piora’ni ulkan o‘rgimchakka aylantirdi (video)
Krasnodardagi avtoservis jamoasi ikki oy davomida Lada Piora’ni ulkan o‘rgimchakka aylantirgani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.
Videorolik muallifining so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish juda qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lib, ikki oy vaqt sarflangan. Shunga qaramay, mashina oldingidek «yura oladi».

«O‘rgimchak-avtomobil»ning uzunligi 3 metrga teng har bir oyog‘iga alohida g‘ildirak yasalgan. Avtomobil o‘zining ichki yonuv dvigateli, transmissiyasi va benzobakidan ayrilgan — bu kabi qaror konstruksiyani yengilroq qilish maqsadida qabul qilingan. Buning o‘rniga Piora’ga elektromotor o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida butun konstruksiya harakatga keladi.

To‘g‘risini aytganda, bu mashina yordamida tez harakatlanib bo‘lmaydi. «O‘rgimchak-avtomobil»ning maksimal tezligi soatiga 5 kilometrni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyalik muhandislar Lada Piora’ni ulkan o‘rgimchakka aylantirdi (video)