00:13 / 02.07.2020
3 745

Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etdi

Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etdi
Foto: Gsmarena
Realme kompaniyasi Redmi ortidan o‘zining 100 dollarlik hamyonbop smartoni — Realme C11 modelini taqdim etdi.

Yangi qurilmaga 1600x720 pikselli 6,5 dyuymga ega displey o‘rnatilgan. Barmoq izi skaneri na ekran osti va na korpusda joylashgan. Shuningdek, smartfonga USB-C emas, MicroUSB o‘rnatilgan. Akkumulator sig‘imi 5000 mA/soatga teng. Batareya nafaqat smartfonning o‘zini, balki MicroUSB orqali ulangan qurilmani ham quvvatlantira oladi.

Foto: Gsmarena
Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, energiya zaxirasi 31,9 soatga, video tomosha qilinganida esa 21,6 soatga yetadi.
Apparat Android 10 operatsion tizimida ishlaydi. Realme C11’ga MediaTek Helio G35 protsessori va 2 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilgan. Ichki xotirasi esa 32 gigabaytga teng. Asosiy kameralar blokidan esa 13 va 2 megapikselli kameralar o‘rin olgan, frontal kamera 5 megapiksel.

Foto: Gsmarena
Avvalroq Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Malayziyada Redmi 9C 100 dollardan sotuvga chiqqan bo‘lsa, Redmi 9A 84 dollardan taklif etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etdi