Huawei Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan birgalikda «O‘zbekistonning AKT-sharhlovchisi» tanlovini o‘tkazadi.
Hozir «Bizning hayotimizda AKT texnologiyalarining ahamiyati» mavzusi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Birinchidan, bu mamlakatimizni «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb nomlangan 2020 yildagi rivojlanish yo‘nalishi bilan bog‘liq. Ikkinchidan esa, o‘zaro muloqotlarimizning katta qismini onlayn tartibga o‘tkazishga sabab bo‘lgan global pandemiya ham bor. Biz – Huawei jamoasi, AKT infratuzilmasini o‘z vaqtida mustahkamlash katta ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz. Axborot texnologiyalari barcha qiyinchiliklarni yengishga va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘lishiga yordam beradi deb hisoblaymiz.
20 yil davomida Huawei kompaniyasi aloqa operatorlari va AKT sohasidagi sheriklar bilan hamkorlikda muhim loyihalarda ishtirok etdi. Biz har doim mamlakatda AKT sohasi rivojiga hissa qo‘shish va soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlashga intildik. Iqtisodiyotning turli sohalarida barcha davlat idoralari va tashkilotlarining AKT bilan bog‘liq nuqtalarini topib, ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga harakat qildik.
Huawei kompaniyasi axborot texnologiyalari sohasini bo‘lajak kasb sifatida tanlagan yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, mamlakatda IT-jurnalistikani rivojlantirish kabi yo‘nalish borligini ham unutmaydi. Huawei kompaniyasi 2019 yilda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda AKT jurnalistlarini tayyorlashda hamkorlik qilish va ushbu hamkorlikni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdorlikka erishish ko‘zda tutilgan memorandum imzoladi.
Memorandum doirasida Huawei kompaniyasi hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti «O‘zbekistonning AKT-sharhlovchisi» milliy tanlovi boshlanganini ma’lum qiladi. Telekommunikatsiya va IT-sanoati mavzusiga qiziqqan, ixtisoslashgan, tajribali hamda endi ish boshlangan jurnalistlar (talabalar), shuningdek raqamli texnologiyalar haqida yozishni yaxshi ko‘radigan IT mutaxassislari ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
O‘z ma’lumotlaringizni (ism, familiya, yashash shahri, ish/o‘qish joyingiz, ijtimoiy tarmoqlardagi kanalingiz) ko‘rsatgan holda @ICTobserverUZ_bot telegram botda ro‘yxatdan o‘tish.
I. Ishtirokchilar texnologiyalar haqidagi uchta savolga javob berishlari kerak bo‘ladi:
• 5G nima, qaysi mamlakatlar ushbu sohada kashfiyotlarni amalga oshirdi va 5G O‘zbekistonga qanday innovatsiyalar olib keladi?
• Qaysi rivojlanish yo‘nalishlari Raqamli O‘zbekistonga asos bo‘lishi kerak? Mamlakat rahbariyati birinchi navbatda nimalarga e’tibor berishi lozim?
• Aqlli shahar. Sizning orzuingizdagi shahar qanday bo‘lishi kerak? Ushbu orzuni amalga oshirish uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy muammolar nimalardan iborat?
Javoblarni insho yoki hikoya shaklida yozish mumkin (700 ta so‘zdan kam bo‘lmagan xajmda). Asosiy shart – bu ijodiy ishda #HuaweiUzbekistan va #ICTobserverUZ xeshteglarini tilga olib o‘tish, shuningdek ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida ijodiy mahsulotni nashr etish va telegram botga nusxalash kerak bo‘ladi. Eng to‘g‘ri, qiziqarli va batafsil matnlarni taqdim etgan 20 nafar ishtirokchi sertifikat oladi va ular ikkinchi bosqichda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.
II. Tanlov ishtirokchilariga Huawei kompaniyasi rivojlantirayotgan ustuvor texnologiyalardan biri – 5G, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va aqlli shahar mavzusida insho (700 ta so‘zdan kam bo‘lmagan xajmda) yozish taklif etiladi. Ijodiy ishni ijtimoiy tarmoqlarda nashr etish, postni #HuaweiUzbekistan va #ICTobserverUZ xeshteglari bilan belgilash va telegram botidagi tegishli havolalarning nusxasini qo‘yish kerak bo‘ladi. Tanlangan mavzuni sifatli ochib bergan va auditoriyadan eng ko‘p «tabiiy» ijobiy javoblarni olgan 10 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichida ishtirok etadi.
III. Finalchilar Huawei kompaniyasi mutaxassislari bilan intervyu olib borishadi. Tanlov shartlariga ko‘ra, tayyor materiallar Huawei kompaniyasining korporativ resurslarida joylashtiriladi va nomzodning ijtimoiy sahifasiga ham nusxalanadi. Ma’ruzachilar fikriga ko‘ra eng savodli va ommabop (layklar, sharhlar va repostlar soni bo‘yicha) suhbatlar tayyorlagan 3 ta sharhlovchilar 1, 2, 3-o‘rinlar uchun sovrinlar bilan taqdirlanadilar. Ishtirokchilar materiallar shaklini o‘z xohishiga ko‘ra tanlaydilar – matn, video va boshqa formatlarga ruxsat beriladi. Ijodkorlik va nostandart taqdimot mamnuniyat bilan qabul qilinadi va tanlov ishtirokchilariga ball qo‘shadi.
Tanlov materiallarini tekshirish va baholash jurnalistika va AKT texnologiyalari sohasidagi tajribali vakillar tomonidan amalga oshiriladi:
- Aleksandr Suchkov, IT jurnalist
- Baxtiyor Nasimov, jurnalist va yozuvchi
- Sherzodxon Qudratxo‘jayev, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori
- Davron Azizov, Huawei O‘zbekiston kompaniyasining korporativ aloqalar departamenti rahbari
Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tanlovning birinchi bosqichi 15 oktabrdan 15 noyabrga qadar davom etadi. Ikkinchi bosqichga chiqqan nomzodlar uchun tanlov 15 noyabrdan 30 noyabrgacha davom etadi. Final 30 noyabrdan 15 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi va tantanali taqdirlash marosimi sanasi g‘oliblarni aniqlash natijalariga ko‘ra e’lon qilinadi. Barcha finalchilarga brend nomi bilan chiqarilgan esdalik sovg‘alar, uchta g‘olibga esa Huawei aqlli qurilmalari taqdim etiladi.
Huawei kompaniyasi haqida:
Huawei kompaniyasi – infokommunikatsiya va infratuzilma yechimlarining, shuningdek aqlli qurilmalarning xalqaro yetakchi ta’minotchisi. Uning asosiy ish yo‘nalishlari telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot texnologiyalari, aqlli qurilmalar va bulutli xizmatlardir, shu bilan birga Huawei raqamli texnologiyalardan foydalanish biznes uchun ham, yakuniy iste’molchilar uchun ham qulay va oson bo‘lishini ta’minlashga intilmoqda va aqlli, mukammal aloqa dunyosini yaratishga tobora yaqinlashib bormoqda.
Huawei'ning keng qamrovli portfelidagi mahsulotlar, yechimlar va xizmatlar yuqori darajada ishonchlilikka va raqobatbardoshlikka ega. Ekotizim bo‘yicha hamkorlari bilan ochiq birgalikda ish olib borgan holda, Huawei o‘z mijozlarining imkoniyatlari doirasini kengaytirib, ular uchun tijorat salohiyatini yaratmoqda.
Huawei investitsiyalarining katta qismini global rivojlanishga yordam beradigan fundamental tadqiqotlarni o‘tkazishga yo‘naltiradi. Kompaniyada dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlari bo‘yicha 194 mingdan ortiq xodim ishlaydi.
Huawei – 1987 yilda asos solingan xususiy kompaniya. U butunlay xodimlariga tegishlidir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”