18:48 / 26.01.2021
1 248

Mutaxassislar iPhone 12ning xavfini aniqlashdi

Mutaxassislar iPhone 12ning xavfini aniqlashdi
Foto: «Newsae.ru»
Apple iPhone 12 ning yurak muammolari bo‘lgan odamlarga zarar yetkazishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda kompaniya veb-saytidagi ma’lumotlar bo‘limida xabar berilgan.

Kompaniya vakillari iPhone 12 da bir nechta magnitlar borligini ta’kidlashmoqda: ular avvalgi Apple smartfonlarining modellariga qaraganda ko‘proq. Zich aloqada bu magnitlar implantatsiya qilingan yurak stimulyatorlari va defibrillyatorlar bilan o‘zaro aloqaga kirishishi mumkin. Shu sababli simsiz quvvat olayotganda qurilmani 15 santimetr yoki 30 santimetrdan ortiq masofada saqlash tavsiya etiladi.

Shuningdek, Apple vakillari iPhone 12 ni ishlatishdan oldin shifokor, sog‘liqni saqlash mutaxassisi yoki tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchisi bilan maslahatlashishni tavsiya qilishmoqda.

«Agar iPhone yoki MagSafe aksessuarlari tibbiy qurilmangizga xalaqit berayotganiga shubha qilsangiz, iPhone yoki MagSafe aksessuarlaridan foydalanishni to‘xtating», — deyiladi xabarda.

2020 yil kuzida taqdim etilgan iPhone 12 seriyali smartfonlar xuddi MagSafe simsiz quvvatlash moslamasi kabi muayyan miqdordagi magnitlarga ega. Ular telefonning quvvatlovchi moslamaga nisbatan to‘g‘ri holatda bo‘lishini hamda aksessuarlarning biriktirilishini ta’minlaydi.

Avvalroq, shifokorlar iPhone 12 telefonlariga o‘rnatilgan magnitlar implantatsiya qilingan yurak stimulyatorlariga zarar yetkazishi mumkinligini payqashgan. Apple kompaniyasining veb-saytida chop etilgan yangi smartfonlar uchun qo‘llanmada «Yangi modellar tibbiy qurilmalar uchun iPhonening avvalgi modellariga qaraganda ko‘proq magnitli to‘siqni hosil qilmasligi kutilyapti», deyilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)