2 631
Facebook va Ray-Ban «aqlli» ko‘zoynaklar yaratdi. U suratga olish va telefonda gaplashish imkonini beradi
Foto: «Korrespondent.net»
Facebook kompaniyasi Ray-Ban brendi bilan hamkorlikdagi ilk «aqlli» ko‘zoynaklarni taqdim qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Ray-Ban Stories ko‘zoynaklari Snapdragon protsessori, linzalarning yoniga o‘rnatilgan ikkita 5 Mp o‘lchamli kameralar, shuningdek, foto va video tugmachalari bilan jihozlangan.
Foto: «Korrespondent.net»
Bundan tashqari, mikrofon hamda ovozni chiqarib eshitish moslamasining borligi gadjet bilan bog‘langan smartfon orqali musiqa va qo‘ng‘iroqlarni tinglash imkonini beradi. Videoga olish vaqtida atrofdagilarni yozib olinayotganidan ogohlantiruvchi yonadigan indikator o‘rnatilgan.
Ma’lum qilinishicha, o‘rnatilgan xotira 30 soniya davom etadigan 30 ta videorolik yoki 500 ta fotoni saqlashga yetadi. Shuningdek, ularni telefonga saqlab qo‘ysa ham bo‘ladi.
Ray-Ban Stories Facebook Assistant’ning ovozli buyruyg‘i asosida ishlaydi. Shuningdek, ko‘zoynak Facebook, Instagram, Twitter va WhatsApp’ga rasm va videolarni yuborish mumkin bo‘lgan yangi Facebook View ilovasiga ham ulanadi.
Foto: «Korrespondent.net»
1 soat to‘liq quvvatlangan gadjetdan 6 soat davomida foydalansa bo‘ladi. G‘ilof ichiga kiruvchi akkumlyator ko‘zoynakni uch marta quvvatlash imkonini beradi. AQSH, Kanada, Italiya, Avstraliya va Irlandiyada 9 sentabrdan sotuvga chiqishi aytilgan ko‘zoynakning boshlang‘ich narxi 299 dollar bo‘ladi. Qo‘shimcha qilinishicha, ko‘zoynak linzasi, gardishi va rangi turli bo‘lgan 20 xil variantda taqdim qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi