882
Oyoqdagi shish, charchoq, og‘irlik: qachon va nima uchun flebologga murojaat qilish kerak?
Foto: The Voice Mag
Ma’lumki, hammaning ham oyoqlarida og‘irlik, charchoq, shish va qattiq zo‘riqish kuzatilishi mumkin. Ba’zilarda bu ko‘p yurganidan yoki aksincha, kun davomida harakatsiz bo‘lganlar bu belgilarni his qilishadi. Ayrim odamlarda bu holat tez-tez uchraydi, kimlardadir esa kamroq, lekin ularning ko‘rinishi jiddiy sog‘liq muammolari bilan bog‘liq, deb yozadi The Voice Mag.
Men shunchaki charchadim, chunki ...
- ko‘p yurdim;
- noqulay holatda o‘tirdim;
- kun bo‘yi tik turdim.
Oyoqlar qirsillab, shishib, og‘ir bo‘lib tuyilganda, odatga ko‘ra hissiyotlar shunday tushuntiriladi. Ko‘p hollarda, hech kim bunday vaziyatda flebologga — tomirlar bo‘yicha mutaxassisga yoki hech bo‘lmaganda terapevtga murojaat qilmaydi, ko‘pincha shifokorga charchagan oyoqlar haqida shikoyat qilish jiddiy masala hisoblanmaydi.
Ha, albatta, hamma bilan ham bunday jarayon kuzatilmaydi. Shuningdek, ko‘pincha varikoz tomirlarining boshlanishini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan juda xavotirli alomatlar ham e’tiborsiz qoladi. Aksariyat insonlarning amalga oshiradigan yagona ishi — salqin hammom, boshqa poyabzal tanlash, muzlatish effektiga ega kremdan foydalanishdir.
Ammo vaziyat haqiqatan ham «oddiy charchoq»dan ancha jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Varikoz tomirlari — oyoq tomirlari kasalligi xuddi shu tarzda boshlanadi. Gap shundaki, ko‘p tik turganda, ko‘p yurganda yoki aksincha, harakatsiz turmush tarzi olib borilganda — hatto kun bo‘yi kompyuterda o‘tirib ishlanganda ham —tomirlardagi qon kerakli darajada aylanishini to‘xtatadi. Odatda, qon tomirlari ichida joylashgan maxsus klapanlar uning pastdan yurakka ko‘tarilishiga yordam beradi. Agar biron sababga ko‘ra klapanlar yaxshi ishlamasa yoki qon tomirlarining o‘zi kengaygan bo‘lsa, qon tomirlar orqali ko‘tarilish yurakkacha yetib borolmasligi mumkin. Qonning turg‘unligi shakllanadi, tomirlar kengayadi, deformatsiyalanadi, teri ostida bo‘rtib ko‘rinadi.
Qanday shifokorga murojaat qilish kerak?
Aytgancha, varikoz tomirlari bir hafta yoki bir oy ichida sezilmaydi: bu yillar mobaynida davom etishi mumkin bo‘lgan uzoq jarayon. Varikoz tomirlarining dastlabki belgilari charchoqning o‘ziga xos belgilaridir. Avvaliga ular vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladi, keyin esa odamlar ularga ko‘proq va tez-tez duch keladi. Doimiy noqulaylikka estetik muammo qo‘shiladi: tomirlar dahshatli ko‘rinish hosil qiladi va ularni yashirish har doim ham oson kechmaydi. Ko‘pincha bu holat bemorni shifokorga murojaat qilishga undaydi. Afsuski, agar allaqachon kech va kasallik ancha o‘tib ketgan bo‘lsa, shifokorlar bemorga faqat jarrohlik aralashuvi bilangina yordam berishi mukin.
Shuni esda tutish kerakki, davolanishni faqat mutaxassis tayinlaydi. To‘liq tekshiruvdan so‘ng «varikoz tomirlari» tashxisini qo‘yish mumkin: bu nafaqat bemor bilan suhbat, testlar, balki tomirlarning ultratovush tekshiruvidan keyin aniq bo‘ladi. Jarayon butunlay og‘riqsiz va hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi.
Qanday davolanadi?
Mutaxassis tekshiruvdan so‘ng davolanishni buyuradi. Ba’zi hollarda jarrohlik amaliyoti zarur hisoblanadi, lekin, xayriyatki, har doim ham bunday bo‘lmaydi. Kasallikning dastlabki bosqichlarida, vaqtida tashrif buyurgan bemorlarga shifokor konservativ davolanishni taklif qilishi mumkin.
Dasturning majburiy elementi — bu turmush tarzini o‘zgartirish. Oddiy tuyilishi mumkin, lekin samara beradi. Masalan, vazn yo‘qotish sezilarli va oldindan aytsa bo‘ladigan ta’sirga ega — bunga hayotga ko‘proq jismoniy faollik qo‘shish, ratsionni o‘zgartirish va tuz iste’molini kamaytirish orqali erishish mumkin.
Bundan tashqari, mutaxassis maxsus paypoqlarni kiyishni maslahat berishi mumkin — paypoqlarning torlik darajasi mutaxassis tomonidan tanlanadi, terini namlash haqida unutmaslik, qulay, ortopedik taglikka ega tovonsiz mos poyabzal kiyish ham judam muhim.
Davolashning asosi, qoida tariqasida, dori vositalaridir. Bunda venotonika yordamga keladi — tomirlarning tonusini oshirish va tomirlarda qonning turg‘unligini oldini olish uchun maxsus vositalar. Venotoniklar — bu gel, maz, krem bo‘lishi mumkin, tabletka dorilar ham xuddi shunday samara beradi. Eng yaxshi natijaga erishish uchun mutaxassislar murakkab davolanishni buyuradi: unumli foydalanish uchun tabletka va venotonikani muntazam ravishda qabul qilish.
Ushbu dorilarning aksariyati flavonoidlarga, tabiiy antioksidantlarga asoslangan. Antioksidantlar, albatta, sabzavot va mevalarda ko‘p miqdorda mavjud, ammo venotonik preparatlarda ular biologik shaklda mavjud, shuning uchun ular oziq-ovqatdan ko‘ra ancha yaxshi so‘riladi va terapevtik ta’sir ko‘rsatishga ega. Venotoniklar venoz tizimga murakkab ta’sir ko‘rsatadi: ular tomirlarning tonusini tiklashga yordam beradi va kasallikning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda