date

Tish shifokoridan qo‘rqyapsizmi? Bu qo‘rquvni yengish yo‘llari siz uchun!

Tish shifokoridan qo‘rqyapsizmi? Bu qo‘rquvni yengish yo‘llari siz uchun!

Ko‘pchilik uchun stomatolog qabuliga borish kundalik ehtiyojga aylangan bo‘lsa-da, ayrim insonlar uchun bu amaliyot yoqimsiz xotiralar va stress bilan bog‘liq. Tish muolajalari haqida o‘ylagandayoq yuragi siqiladiganlar kam emas. Bu holat tibbiy jihatdan dentofobiya — ya’ni tish shifokoridan haddan tashqari qo‘rqish deb nomlanadi.

Qo‘rquv ortidagi xavf

Davolanishdan cho‘chish natijasida tibbiy tekshiruvlarni kechiktirish, o‘z navbatida, jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Tishlarda chirish, milkda yallig‘lanish, hatto tishlarni yo‘qotish kabi muammolar yuzaga keladi. Bu esa nafaqat salomatlik, balki tashqi ko‘rinishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Dentofobiyani yengishda yordam beruvchi samarali usullar

Tish shifokoriga bo‘lgan qo‘rquvni kamaytirish uchun quyidagi amaliy tavsiyalar foydali bo‘lishi mumkin:

Tushunadigan va ishonchli stomatolog tanlang.

Empatiyali, yumshoq muomalali shifokor o‘zingizni ishonchli his qilishingizga yordam beradi.

Ma’lumotga ega bo‘ling.

Jarayon haqida oldindan bilish — nima kutayotganingizni tushunishga va vahimani kamaytirishga yordam beradi.

Chuqur nafas olish texnikasi.

Qabulga bormasdan avval yoki kutish zalida chuqur va sekin nafas olib, o‘zingizni tinchlantiring.

Bosqichma-bosqich yondashuv.

Birinchi galda oddiy ko‘rikdan boshlang, keyinchalik asta-sekinlik bilan boshqa muolajalarga o‘ting.

Chalg‘ituvchi mashg‘ulotlar.

Musiqa tinglash, sevimli odam bilan gaplashish yoki tasalli beruvchi narsalar haqida o‘ylash asabiylikni kamaytiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tish shifokoridan qo‘rqyapsizmi? Bu qo‘rquvni yengish yo‘llari siz uchun!