
Aql tishlari — og‘izning eng orqa qismida joylashgan, so‘nggi o‘sadigan tishlar hisoblanadi. Odatda bu tishlar 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan davrda chiqadi. Biroq ayrim hollarda ular 30 yoshda ham ko‘rinishi mumkin yoki umuman chiqmasligi ham ehtimoldan holi emas.
Har bir inson organizmi o‘ziga xos bo‘lgani uchun, aql tishlarining chiqish vaqti ham har xil bo‘ladi. Kimdadir bu jarayon hech qanday noqulayliksiz o‘tadi, boshqalarda esa og‘riq, yallig‘lanish, milk shishishi yoki infektsiya kabi muammolar kuzatiladi.
Shu sababli, stomatologlar aql tishlari holatini kuzatib borishni va kerak bo‘lsa, ularni olib tashlashni tavsiya qilishadi. Ammo har doim ham jarrohlik zarur emas. Tishning joylashuvi, o‘sish burchagi va umumiy og‘iz salomatligiga qarab, individal yondashuv qo‘llaniladi.
Agar sizda tish og‘rig‘i, shish yoki o‘sayotgan tishga doir bezovtalik mavjud bo‘lsa, albatta tish shifokoriga murojaat qilish muhim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!