date

Dunyoda har beshinchi maktab bolasi ortiqcha vaznga ega

Dunyoda har beshinchi maktab bolasi ortiqcha vaznga ega
Jahon oziq-ovqat kuni har yili 16 oktyabrda nishonlanadi. Bu sana BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAO ta’sis etilgan kun munosabati bilan joriy etilgan bo‘lib, dunyodagi ochlik, oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratirishni maqsad qiladi. Bu haqda bbc.com
xabar berdi.

Joriy yilda FAO o‘zining ochlik va kam oziqlanishga qarshi kurashdagi 80 yillik faoliyatini nishonlamoqda. Tashkilotning so‘nggi hisobotida qayd etilishicha, 2024 yilda dunyo bo‘yicha taxminan 670 million kishi ochlikka duch kelgan. Bu ko‘rsatkich 2000 yillar boshidagi 800 million nafar odamga nisbatan ma’lum darajada kamaygan bo‘lsa-da, boshqa bir xavf — ortiqcha ovqatlanish muammosi tobora kuchayib bormoqda.

Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha maktab yoshidagi bolalarning qariyb 20 foizi ortiqcha vaznga ega, ularning 9–10 foizida esa semizlik belgilari aniqlangan. Bu raqamlar taxminan 391 million bolada ortiqcha vazn, 188 million bolada esa semizlikning og‘ir darajasi mavjudligini anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Dunyoda har beshinchi maktab bolasi ortiqcha vaznga ega