Gipersomniya — bu keng tarqalgan uyqu buzilishi bo‘lib, odamda kunduzgi doimiy uyquchanlik, energiyaning pasayishi va uyquga bo‘lgan kuchli ehtiyoj bilan kechadi. Bu holat odatda insonning kundalik faoliyatiga – ishlashi, o‘qishi, hatto ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gipersomniyadan aziyat chekayotgan odamlar ko‘pincha to‘liq uxlashgan bo‘lsa-da, baribir charchagan va loqayd holatda yurishadi.
Gipersomniya turli omillar sababli yuzaga keladi. Quyida ushbu uyqu buzilishining eng ko‘p uchraydigan sabablari keltirilgan:
Narkolepsiya: Nevrologik kasallik bo‘lib, to‘satdan kuchli uyqu bosishi, mushaklar kuchsizligi va kuchli his-tuyg‘ularga javoban mushaklarning falajlanishi bilan tavsiflanadi.
Depressiya va tashvish: Ruhiy salomatlik muammolari uyqu tartibining izdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ba’zi dorilar yoki davolanishlar: Uyquga ta’sir qiluvchi dori vositalari yoki sog‘liq bilan bog‘liq boshqa muolajalar gipersomniyani kuchaytirishi mumkin.
Semizlik: Jismoniy faollikning kamayishi va metabolik buzilishlar uyqu sifatini pasaytiradi.
Spirtli ichimliklar va psixoaktiv moddalardan foydalanish: Organizmning tabiiy uyqu ritmini buzadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!