Tadqiqotlarga ko‘ra, shaharda yashaydiganlar sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi. Chunki shahar tashqarisida yashovchi odamlar depressiya, psixoz va boshqa kasalliklarni kamroq boshdan kechiradi.
Stress
Gavjum jamoat transporti, yo‘llardagi tirbandlik, dam olishga vaqt yo‘qligi. Shahar hayotining bu elementlari stressga sabab bo‘ladi. Agar bu doimiy ravishda davom etsa, odam uyqu buzilishi, bezovtalik va depressiyadan aziyat chekishi mumkin.
Ifloslangan havo
Havodagi mayda zarrachalar salomatlik uchun zararli. Zarrachalarning surunkali ta’siri nafas olish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Masalan, astma yoki surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi. O‘pka saratoni rivojlanish xavfi ham ortadi.
Bundan tashqari, ifloslangan havo yurak-qon tomir kasalliklarini qo‘zg‘atadi — yuqori qon bosimi yoki yurak xurujiga olib kelishi mumkin.
Passiv turmush tarzi
Shahar aholisi kam harakat qiladi, bu esa semirish sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shahar tashqarisida yashovchi va ko‘proq harakat qiladigan odamlar kasallikka kamroq chalinadi.
O‘tirgan holdagi turmush tarzi birinchi navbatda surunkali bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Buning sababi shundaki, zaiflashgan bel va tos mushaklari umurtqa pog‘onasini ushlab turolmaydi.
Shuningdek, organizmda qon aylanishi sekinlashadi. Ushbu jarayon tufayli kislorod, ozuqa moddalari organlar va to‘qimalarga yetib borolmaydi. Natijada odam charchaganini his qiladi, bosh og‘rig‘idan aziyat chekadi va diqqatini jamlay olmaydi.
Shovqin
Shaharda yashovchi odamlar mashinalarning baland ovozlari, sirenalar va audio reklamalarni eshitaverib, sezgi organlari zaiflashadi. Bu esa eshitish qobiliyatini yo‘qotish, doimiy charchoq va hatto yuqori qon bosimiga olib keladi.
Surunkali shovqin demensiya xavfini oshirishi mumkin. Bu asosan keksa odamlarga ta’sir qiladi.
Shahar sharoitida qanday qilib sog‘liqni saqlash mumkin?
Bir nechta oddiy qoidalar mavjud, ularga rioya qilgan holda shaharning salbiy ta’sirini bir oz yengillashtirish mumkin.
Stressga qarshi kurash
Stress darajasini bir oz kamaytirishga yordam beradigan bir nechta qoidalar mavjud:
- Yangiliklarni ko‘rish yoki o‘qishda tanaffus qiling, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni kuniga bir necha marta cheklang.
- Meditatsiya yoki tinchlantiruvchi nafas olish texnikasini sinab ko‘ring.
- Spirtli ichimliklar, tamaki yoki psixofaol moddalarni iste’mol qilishdan saqlaning.
- Kun davomida dam olish uchun vaqt toping, masalan, sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullaning.
Ko‘proq harakat qiling
JSST haftasiga kamida 150-300 daqiqa o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy faoliyatni yoki 75-150 daqiqa kuchli intensivlikdagi faoliyatni tavsiya qiladi.
O‘rtacha intensivlikdagi mashqlar tez yurish, suzish, velosiped haydash yoki tennisni o‘z ichiga oladi. Yuqori intensivlik esa yugurish, basketbol yoki futbol o‘ynash va tez suzishni anglatadi.
Lift o‘rniga zinadan chiqing, mashinangizni uzoqdagi to‘xtash joyiga qo‘ying va avtobus bekatigacha piyoda yuring. Iloji bo‘lsa, ko‘proq sayr qiling.
Ratsioningizni kuzatib boring
Ratsioningizda transyog‘lar, shakarga boy bo‘lgan fastfud va boshqa oziq-ovqatlarni chiqarib tashlamang, lekin kamaytiring. Sabzavotlarga, oqsillarga, sog‘lom yog‘larga e’tibor bering. Ovqatlanish vaqtini o‘tkazib yubormang yoki och qolmang, chunki bu keyinchalik ortiqcha ovqatlanishga olib kelishi mumkin.
Yetarli miqdorda suyuqlik ichishni unutmang — ayollar uchun taxminan 2,7 litr, erkaklar uchun 3,7 litr. Bunga nafaqat suv, balki qahva, choy, smetana va hatto sho‘rvalar ham kiradi.
Uyquni normallashtiring
Yetarli uyqu har bir kishi uchun farqlanadi, lekin bu minimum 7 soatni tashkil qiladi. Muddatidan tashqari uyqu sifati ham muhim. Buning uchun:
- yotoqxonangiz salqin va tinch bo‘lsin;
- yotishdan oldin to‘yimli ovqatlar, kofein va spirtli ichimliklardan saqlaning. Bundan tashqari, chekmang;
- uxlashdan bir soat oldin gadjetlarni olib qo‘ying.
Havo sifatiga e’tibor bering
Uydagi zararli mayda zarralarni kamaytirish uchun havo tozalagich sotib olish mumkin. Bundan tashqari, dam olish kunlari toza havodan nafas olish uchun shahar tashqarisiga sayohat qilish yoki parklarga tashrif buyurish kerak.
Jimlik yarating
O‘zingizni hech bo‘lmaganda uyda shovqindan himoya qilish uchun maxsus oyna o‘rnatishingiz yoki uyda bo‘lganingizda derazalarni ochmasligingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi