12:44 / 08.09.2016
31 452

Dorisiz davo topishning 5 usuli

Dorisiz davo topishning 5 usuli

Dorilar ko‘pincha kasallik belgilarini yo‘qotib, buning ustiga, yot ta’sirlarga ham ega bo‘ladi. Va hatto, shifokorlar ham onalarimiz qo‘llaydigan xalq tabobatida dorilardan ko‘ra ko‘proq foyda va samara borligini ta’kidlashadi. Keling, farmakologiyaning sintetikasiga munosib raqobatdosh bo‘la oladigan davolash usullari haqida gaplashamiz.

1. YO‘TAL: DORI EMAS, ASAL XARID QILING

Qoshiqdan asta-sekin sirg‘alib tushayotgan shaffof rangli bu shirinlikni yaxshi ko‘rmaydigan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak U tomoqni ham xuddi shunday ohista o‘rab olib, yallig‘lanishni bir zumda yo‘qota oladi. «Archives of Pediatrics & Adolescent Medicine» jurnalida chop etilgan so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, bir qoshiq asal yo‘talga qarshi siroplar tarkibida mavjud faol komponent dekstrometorfandan samaraliroq foyda keltirarkan. Ayni damda tibbiyot fanlari doktori, pediatriya professori Yan Polning ta’kidlashicha, asal kattalargayam, bolalargayam bir xil foydalidir. Shu bilan birga, aksariyat dorilardan kelib chiqadigan uyqusirash, holsizlik holatlari asalga umuman xosmas.

Nima qilish kerak?

Uxlashdan oldin yoki sizni yo‘tal bezovta qilganda ikki choy qoshiq asal shiming. Bu sizga albatta, yordam beradi. Lekin uni ko‘p eyish yaramaydi. Baribir asal uglevod sanaladi.

2. BEL OG‘RIG‘I: MAZNI ULOQTIRIB, JANGChI HOLATINI EGALLANG

To‘satdan belingiz og‘rib qolsa nima qilasiz? Odatda, siz og‘riqni kamaytirish maqsadida har tomonga harakatlana boshlaysiz. Bu bejiz emas. «Annals of Internal Medicine» jurnalida chop etilgan maqolada bayon etilishicha, davolash metodikasi sanalmish vini-yoga juda foydali bo‘lib chiqdi. Muntazam ravishda egilib-bukilish, tortilish belda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan og‘riqlarning oldini olib, dorilar haqida butkul unutish imkonini berarkan. Darvoqe, bu dorilar jigar hujayralarini parchalab, ichaklar mikroflorasi ishini buzadi, ayni damda bemorlar unga o‘rganib qolishadi (bu holat uch oyda yuz beradi).

Nima qilish kerak?

Tadqiqotda keltirilgan tajribada sinaluvchilar haftasiga 75 daqiqani kobra, g‘ildirak, kapalak, lotos guli va jangchi holatini o‘rganishga bag‘ishlashgan. Tana kuchi va qayishqoqligini oshirish evaziga odamlar o‘z ong ostida bel og‘rig‘iga sababchi bo‘ladigan odatlardan voz kecha boshlashgan (masalan, ish stolida egilib o‘tirish kabi), deydi bu usul tadqiqotchisi Karen Sherman.

3. BOShINGIZ OG‘RIYaPTIMI? OG‘RIQ QOLDIRUVChI DORILARNI ULOQTIRIB, YaXShI UXLAB OLING

Siz qancha ko‘p og‘riq qoldiruvchi dori ichsangiz, boshingiz shuncha ko‘p va muntazam ravishda og‘riy boshlaydi. San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti bosh og‘rig‘ini o‘rganish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori Piter Godsbining so‘zlariga ko‘ra, bunday dorilarni har kun yoki kunora ichish ortiqchadir. Shifokorlarning o‘ziyam nega aynan og‘riq bilan kurashishi kerak bo‘lgan dorilar, og‘riq keltirib chiqarishini tushuna olishmaydi. Balki hamma gap ularning tarkibida ko‘p miqdorda mavjud bo‘lgan kofein va kodein moddalaridadir.

Nima qilish kerak?

«Agar siz kuningizni analgetiklarsiz tasavvur qilolmasangiz, boshlanishiga ularni ichish miqdorini muntazam ravishda kamaytiring va keyin oddiyroq dorilar ichishga o‘ting», deydi doktor Godsbi. Keyin esa, qulay tungi ko‘ylagingizni kiyib, sakkiz soat maza qilib uxlang; undan oldin sizga halovat bermayotgan bosh qismlariga e’tibor qarating. Siz o‘z miyangizga og‘riq bilan aspirinsiz kurashishga yordam bergan bo‘lasiz.

4. UYQUSIZLIK: UYQU DORISINI ULOQTIRIB, UYQUGA KEChROQ YoTING

Uxlamang! Eshityapsizmi?! Televizor ovozini balandroq qiling va biroz (2-3 soat) chidashga harakat qiling. O‘zingizga hordiq olishga qo‘shimcha ehtiyoj yarating, organizmingizni o‘nlab dorilar yordamida dam oldirishga harakat qilmang. Chunki uyqu keltiradigan dorilar o‘z tuzilishiga ko‘ra ko‘proq narkotiklarga monanddir, shu bois ularga odam juda tez ko‘nikib qoladi (bunda esa u o‘z samaradorligini yo‘qotadi).

Nima qilish kerak?

Keling, buni bir misolda ko‘rib chiqamiz: agar siz odatda, soat 22. 00 da uyquga yotsangiz-u, keyin soat tungi birgacha uxlolmay qiynalsangiz, unda uyquga soat birda yoting, lekin ertalab kun tartibiga ko‘ra uyqudan uyg‘oning. «Uyquni sun’iy ravishda kamaytirish bilan siz go‘yo organizmni biroz shok holatiga tushirgan bo‘lasiz, bu bilan u me’yorga kela boshlaydi», deydi Virjiniya universiteti psixiatriya departamenti professori Li Ritterbend. Oradan bir-ikki hafta o‘tib, uyqusizlik sizni tark etadi.

5. ICh QOTIShI: DORILARNI ULOQTIRIB, KO‘PROQ SUV IChING

Nomutanosib ovqatlanish, eguliklarda to‘qimalar va suyuqlikning etarli bo‘lmasligi oqibatida yo‘g‘on ichakning harakatchan qismi va umuman, ichaklar qalinlashib, undagi qayishqoqlik yo‘qoladi. Bundan esa, ich qotishi kelib chiqadi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, amerikaliklar har yili ich keltiradigan dorilarga 700 mln. dollar sarflasharkan. Bu kabi dorilar esa xuddi analgetiklar kabi organizmda ko‘nikish va ichaklar spazmini chaqiradi.

Nima qilish kerak?

Dori o‘rniga nonushtada ikki stakan suv iching, hojatga chiqishdan oldin esa olma yoki banan eb oling. «Mevalarda mavjud moddalar ichaklarni harakatlanishga majbur qiladi», deydi doktor Abramson.

Manba: diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Dorisiz davo topishning 5 usuli