
Barselonaning vingeri Markus Reshford payshanba kuni jamoa mashgʻulotida ishtirok etmadi. 28 yoshli futbolchi shaxsiy sabablarga koʻra mashgʻulotni oʻtkazib yuborganini Diario AS xabar bermoqda.
Klub angliyalik futbolchiga tegishli ruxsat bergan. Xabar qilinishicha, juma kuni Reshford umumiy guruh mashgʻulotlariga qaytishi kutilmoqda.
Shanba kuni "koʻk-anorranglilar" La Liga 13-turida "San-Mames"da "Atletik Bilbao"ni qabul qiladi. Markus Reshford "Manchester Yunayted"dan ijara asosida "Barselona"da oʻynamoqda.
"Qizil iblislar" tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoada 16 uchrashuvda 6 ta gol urib, 9 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.