Hozirgi kunda omega-3 yog‘ kislotalarining tanqisligi keng tarqalgan muammodir. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, g‘arb mamlakatlarida 70-80 foizgacha odamlar oziq-ovqat orqali ushbu muhim ozuqa moddalarini yetarli miqdorda qabul qilmaydi.
Rossiyalik trixolog Anna Averkina omega-3 shunchaki moda emas, balki zarur qo‘shimcha ekanligi haqida so‘z yuritadi.
Organizmda omega-3 yetishmasligi teri va soch qurishiga olib kelishi mumkin, bu ko‘pincha soch sinishi va to‘kilishi bilan birga kechadi.
“Omega yetishmasligi ekzema va psoriaz kabi terining yallig‘lanish holatlarini kuchaytiradi. Tirnoq mo‘rtlashishi va sekin o‘sishi ham omega-3 yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, deya tushuntiradi u.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, omega-3 ruhiy salomatlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi, ushbu modda yetishmasligi esa depressiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, omega-3 tanqisligi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi, chunki ular xolesterin va qon bosimini me’yorda ushlab turishga yordam beradi.
“Omega-3 ning tavsiya etilgan sutkalik dozasi yosh, jins va salomatlik holatiga qarab o‘zgaradi. Kattalarga kuniga 250-500 mg ga yaqin EPA va DHA (dokozageksayen va eykozapentayen kislotalari) kombinatsiyasini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Aniq tibbiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan odamlar yoki homilador ayollar uchun doza yuqori bo‘lishi mumkin, ammo bunda shifokor bilan maslahatlashish kerak”, deydi ekspert.
Ko‘p hollarda omega-3 ni doimiy ravishda qabul qilish mumkin. Buning sababi shundaki, ular organizm mustaqil ravishda sintez qila olmaydigan va tashqi manbalardan olishi kerak bo‘lgan asosiy oziq moddalardir. Biroq bunda ham bir nechta jihatlarni hisobga olish kerak.
“Simob va boshqa toksinlardan tozalangan, ayniqsa, baliqdan tayyorlangan sifatli omega-3 qo‘shimchalarini tanlang. Tavsiya etilgan dozaga rioya qilish ham muhim. Haddan tashqari yuqori dozalar qonni suyultirishi va boshqa nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ularni uzoq vaqt qabul qilishni boshlashdan oldin har doim shifokor bilan maslahatlashish kerak”, deya qo‘shimcha qiladi u.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, omega-3 ayniqsa bolalarda miya va ko‘rish qobiliyatining rivojlanishi uchun muhimdir. Tanqislik diqqatni jamlash va o‘qish bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin. Omega-3 homila va chaqaloq asab tizimining to‘g‘ri rivojlanishi uchun zarur. Homiladorlik va emizish paytida omega-3 shakllaridan biri bo‘lgan DHA ni ko‘paytirilgan miqdorda qabul qilish tavsiya etiladi.
Keksa odamlarda omega-3 kognitiv funksiyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, demensiya va Alsgeymer kabi yoshga bog‘liq degenerativ kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin.
“Dengiz mahsulotlari — losos, skumbriya, sardina va tunes omega-3 ga boy mahsulotlar hisoblanadi. Shuningdek, zig‘ir urug‘i, chia, yong‘oq tarkibida alfa-linolen kislotasi (ALA) mavjud bo‘lib, u organizmda qisman EPA va DHA ga aylanishi mumkin. Baliq yog‘i va suv o‘tlaridan olinadigan moy ham mazkur moddaga boy”, deydi Averkina.
Shifokorning ta’kidlashicha, omega-3 yog‘ kislotalari oksidlanishga moyil bo‘lib, bu zararli erkin radikallar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Qo‘shimchalarni salqin, qorong‘i joyda saqlash va yaroqlilik muddatini kuzatib borish kerak.
Shuni yodda tutingki, omega-3 ning yuqori dozasi qonni suyultirishi mumkin, agar antikoagulyantlar qabul qilsangiz yoki operatsiyaga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, buni hisobga olish muhim. Shuningdek, ba’zi odamlarda omega-3 jig‘ildon qaynashi yoki diareya kabi oshqozon-ichak tizimining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda qo‘shimchalarni ovqat bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi