Xotin-qizlar qanday patronaj va skrining tekshiruvlaridan o‘tishi kerak?

Salomatlik1 daqiqa o'qish265
Xotin-qizlar qanday patronaj va skrining tekshiruvlaridan o‘tishi kerak?
Milliy tibbiyot markazi ginekologiya bo‘limi boshlig‘i, oliy toifali shifokor Malika Rizayeva xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash borasidagi islohotlar haqida quyidagilarni gapirib berdi.

Xotin-qizlar qanday patronaj va skrining tekshiruvlaridan o‘tishi kerak?

Xastalikni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan afzal. Bu tamoyil bugun yurtimiz tibbiyotidagi ustuvor vazifaga aylangan.

Shu sababli mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish uchun maqsadli tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda. Xususan, xotin-qizlar sog‘ligini asrash, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish maqsadida ular muntazam ravishda patronaj va skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.

– Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati doirasida 35–55 yoshli ayollar skrining dasturlari bilan qamrab olinadi. Bunda oila shifokori tomonidan 3 yilda 1 marta ularda bachadon bo‘yni saratoni skriningi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, – deydi Milliy tibbiyot markazi ginekologiya bo‘limi boshlig‘i, oliy toifali shifokor Malika Rizayeva. – Shuningdek, ushbu toifadagi ayollarda tor soha mutaxassisi (ginekolog) ko‘rigi, laborator va kolposkopiya kabi instrumental tekshiruvlar olib boriladi.

45-65 yoshli ayollarda oila shifokori tomonidan 2 yilda 1 marta ko‘krak bezi saratoni skriningi o‘tkaziladi. Bunda ularda tor soha mutaxassisi (onkolog) ko‘rigi, mammografik instrumental tekshiruvlar amalga oshiriladi.

15-49 yoshli xotin-qizlarda esa oila shifokori tomonidan muntazam profilaktik ko‘riklar, homiladorlikka monelikni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar yilda bir marta o‘tkaziladi.

Ularda ginekolog va boshqa tor soha mutaxassislari tomonidan ko‘rsatmaga asosan ko‘riklar tashkil etiladi. Qonning umumiy tahlili laborator sharoitda tekshirilishi ham skrining dasturlari doirasiga kiritilgan.

Patronaj xizmati doirasida tibbiy brigada doyasi tomonidan homilador ayollarda 2 marta – homilaning 12- va 32-haftaliklarida tekshiruv amalga oshiriladi.

Tug‘uruqdan keyingi chilla davridagi ayollar esa tibbiy brigada doyasi tomonidan tug‘uruqxonadan uyga kelganda 3 kun ichida, uning 15- va 30-kunida — jami 3 marta tibbik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Milliy tibbiyot markazi
Axborot xizmati

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?