Nafas siqishi (dispneya) – nafas olish jarayonining qiyinlashishi yoki noqulaylik hissi bo‘lib, turli sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Nafas siqishining asosiy sabablari, alomatlari va uni oldini olish choralari haqida Milliy tibbiyot markazi shifokori, pulmonolog Nigora Mo‘minova ma’lumotlari bilan mazkur maqola orqali tanishish imkoniga egasiz.
Nafas siqishi sabablari
1. Yurak-qon tomir kasalliklari:
- Yurak yetishmovchiligi.
- Yurak ishemik kasalligi.
- Miokard infarkti.
2. O‘pka kasalliklari:
- Astma yoki bronxit.
- O‘pka emfizemasi.
- O‘pka tromboyemboliyasi.
- O‘pka yallig‘lanishi (pnevmoniya).
3. Stress va psixologik sabablar:
- Qattiq xavotirlanish (panik atak).
- Depressiya yoki stress.
4. Anemiya:
Qonda gemoglobin miqdorining pasayishi kislorod yetishmovchiligiga olib keladi.
5. Jismoniy holatlar:
- Semizlik yoki noto‘g‘ri jismoniy mashqlar.
- Harakatlanishdagi cheklovlar.
6. Boshqa sabablar:
- Chekish yoki tamaki mahsulotlari iste’moli.
- Allergik reaksiyalar.
- Havo yo‘llarining tiqilishi.
Alomatlari
- Tez-tez nafas olish yoki chuqur nafas ololmaslik.
- Ko‘krak sohasida og‘riq yoki bosim hissi.
- Yurak urishining tezlashishi (taxikardiya).
- Charchoq, bosh aylanishi.
- Ko‘z oldida qorong‘ilash yoki hushdan ketish holatlari.
- Lablar yoki terining ko‘karishi (sianoz).
Oldini olish choralari
1. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish:
- To‘g‘ri ovqatlanish, meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish.
- Jismoniy faollikni oshirish, lekin haddan oshmaslik.
2. Chekishni tashlash:
Tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilmaslik.
3. Kasalliklarni davolash:
- Surunkali kasalliklarni vaqtida aniqlash va davolash.
- Yurak va o‘pka salomatligini kuzatib borish.
4. Stressni boshqarish:
Meditatsiya yoki nafas olish mashqlarini bajarish.
5. Allergik omillardan saqlanish:
Allergiya qo‘zg‘atuvchilardan (chang, hayvon junlari, o‘simlik gulchanglari) uzoqroq bo‘lish.
6. Shifokor nazorati:
- Qon bosimini nazorat qilish.
- Gemoglobin va boshqa muhim ko‘rsatkichlarni muntazam tekshirish.
Agar nafas siqishi tez-tez yoki kuchli darajada kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish muhim. Bu og‘ir holatlarning oldini olishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Xitoy O‘zbekistonda oziq-ovqat va asbob-uskunalar ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqyapti