Tuz isteʼmolining ko‘pligi yurak salomatligiga xavf yaratadi

Muttaxassislar ogohlantirishicha, kundalik ratsionda tuz miqdorini ko‘p isteʼmol qilish yurak yetmovchiligi rivojlanishi ehtimoliga jiddiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Vanderbilt University Medical Center olimlari shu natijaga keldi.
Tadqiqot uchun 25 mingdan ortiq insonning sog‘liq maʼlumotlari tahlil qilindi. Ularning xulosasiga ko‘ra, kunlik 4200 milligramm natriy isteʼmol qilish (tavsiya qilingan miqdor 2300 milligramm) yurak yetmovchiligi rivojlanishi xavfini taxminan 15 foizga oshiradi. Bu oddiy qadamlar orqali ham organizm uchun salbiy oqibatlarning oldi olinishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Mualliflar qayd etadiki, natriy miqdorini ozgina pasaytirish ham sezilarli samara beradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kundalik isteʼmolni 4000 milligrammgacha tushirish kasallikka chalinish xavfini 6–7 foizga kamaytiradi.
Shu bois tadqiqotchilar tuz isteʼmolini kamaytirish bo‘yicha ijobiy chora-tadbirlarni joriy etish lozimligini taʼkidlashmoqda. Bu nafaqat yurakni himoya qiladi, balki umumiy sog‘liqni yaxshilashga ham xizmat qiladi.
Muttaxassislar aholiga kundalik ratsionda tuz miqdorini nazorat qilish va sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirishni tavsiya qilishmoqda. Bu oddiy profilaktika choralari yurak kasalliklarini oldini olishda katta ahamiyatga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!