date

Miya qarishini sekinlashtiradigan tabiiy o‘simlik aniqlandi

Miya qarishini sekinlashtiradigan tabiiy o‘simlik aniqlandi

Federal University of Rio Grande do Sul olimlari olib borgan yangi tadqiqot Amerika rayhoni ekstrakti miya qarishini sekinlashtirishi, shuningdek oksidlovchi stress va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishini ko‘rsatdi. Ilmiy ish natijalari Nutrients jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar kalamushlar ustida tajriba o‘tkazib, qo‘shimchaning xotira va o‘rganish jarayonlari uchun mas’ul bo‘lgan gippokamp qismiga ta’sirini tahlil qildi.
Olingan natijalarga ko‘ra, rayhon tarkibidagi birikmalar organizmda moddalar almashinuvi davomida paydo bo‘ladigan va hujayralarga zarar yetkazuvchi aktiv kislorod shakllari miqdorini pasaytiradi.

Ma’lum qilinishicha, aktiv kislorod shakllarining ortiqcha yig‘ilishi oksidlovchi stressni yuzaga keltiradi. Bu holat ayniqsa miya hujayralari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, neyron membranalarini yemirishi va nerv impulslari uzatilishini sekinlashtirishi mumkin.

Shu bilan birga, rayhon ekstrakti gippokamp hujayra membranalarining shikastlanishini oldini olgani, yallig‘lanishni kuchaytiruvchi TNF-α va IL-1β molekulalari darajasini ham kamaytirgani qayd etildi. Olimlar fikricha, ushbu molekulalarning yuqori miqdori neyroyallig‘lanishni kuchaytirib, miya qarishini tezlashtiradi.

Biokimyoviy tahlillar rayhon tarkibida kuchli antioksidant xususiyatga ega rozmarin va xlorogen kislotalari katta miqdorda mavjudligini ko‘rsatgan. Tadqiqotchilar aynan shu moddalar miya hujayralarini himoya qiluvchi neyroprotektiv ta’sirni ta’minlashini ta’kidlamoqda.

Mutaxassislar ushbu natijalar kelajakda Amerika rayhoni ekstrakti asosida biologik faol qo‘shimchalar hamda nutrasevtik vositalar ishlab chiqish imkonini berishi mumkinligini bildirmoqda. Ammo inson organizmi uchun eng maqbul doza va shaklni belgilash maqsadida qo‘shimcha ilmiy tadqiqotlar talab etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Miya qarishini sekinlashtiradigan tabiiy o‘simlik aniqlandi