Asab tizimini mustahkamlash uchun qanday mahsulotlar tavsiya etiladi?

Kundalik stress, charchoq va noto'g'ri ovqatlanish salbiy ta'sir ko'rsatadigan asab tizimini mustahkamlash uchun mutaxassislar maxsus mahsulotlarni muntazam iste'mol qilishni tavsiya etadi. Tarkibida magniy va V guruhi vitaminlari ko'p bo'lgan yong'oq, bodom hamda pista asab hujayralarini qo'llab-quvvatlab, stressni kamaytirishga yordam beradi.
Asab tizimi inson organizmidagi eng muhim tizimlardan biri hisoblanadi. Kundalik stress, charchoq, uyqusizlik va noto‘g‘ri ovqatlanish asablarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mutaxassislar asab tizimini mustahkamlash uchun ayrim mahsulotlarni muntazam iste’mol qilishni tavsiya etadi.
Yong‘oq, bodom va pista kabi mahsulotlar asab faoliyati uchun foydali sanaladi. Ular tarkibida magniy va V guruhi vitaminlari ko‘p bo‘lib, asab hujayralarini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Shuningdek, bunday mahsulotlar stressni kamaytirish va diqqatni jamlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Baliq mahsulotlari ham asab tizimi uchun foydali hisoblanadi. Ayniqsa, losos, tunes va skumbriya kabi yog‘li baliqlarda omega-3 moddasi ko‘p bo‘ladi. U miya faoliyatini yaxshilash va kayfiyatni barqaror saqlashga xizmat qiladi.































Izohlar 0
…