5 436
Turkiya elchisi: Turkiya xalqi og‘ir va tahlikali sharoitda o‘zining vatanparvarligini hamda kuchli irodasini isbotladi
Esingizda bor bundan bir yil oldin yani 2016 yil 15 iyul kuni Turkiyada terrorchilik hujumi sodir etilgan edi. Shu munosabat bilan 13 iyul kuni o‘tgan bir yil davomida Terroristik davlat to‘ntarishga bo‘lgan urinishga doir tafsilotlar, uning ortidagi kuchlar va harakatni amalga oshirgan Fethullahchi terror tashkilotiga (FETÖ) qarshi qilingan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berish maqsadida Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida matbuot anjumani tashkil etildi.
Elchining qayd etishicha, Turkiya xalqi, birlik-birodarlik va hamjihatlikda harakat qilib, 2016 yilning 15 iyulida sodir etilgan ulkan hujumni bartaraf etdi. Turklar og‘ir va tahlikali sharoitda o‘zining vatanparvarligi, kuchli irodasini isbotladi. Mamlakat bu og‘ir sinovdan muvaffaqiyat bilan o‘tdi.
Tadbir davomida «Anadolu» agentligi tomonidan tayyorlangan videolavha va fotosuratlar jamlanmasi namoyish etildi. Unda davlat to‘ntarilishi davomidagi turli fotosuratlar va videolarga elchi Ahmat Bashar Shen izoh berib bordi.
Terrorchilar xujumi oqibatida 249 kishi shahid bo‘ldi, 2000dan ortiq kishi jarohatlandi. FETÖ terror guruhining Turkiyadagi ta’sir kuchi deyarli yo‘q qilindi.
Anjumanda jurnalistlar tomonidan berilgan savollariga javob qaytarildi va ishtirokchilarga davlat to‘ntarishi vaqtida vayron qilingan Parlament binosidan qolgan tosh parchalari suvenir sifatida taqdim etildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi