Rossiyaning Birinchi kanalida namoyish qilingan “Golos. Deti” loyihasining 2-mavsumi g‘olibasi, o‘zbekistonlik Sabina Mustaeva o‘z ona shahri Toshkentga qaytib keldi.
Sabina tahsil oladigan Mirobod tumanidagi 94-maktabda uni kutib olish uchun haqiqiy bayram tashkil etildi. Maktab kiraverishi sharlar bilan bezatildi, Sabinaning sinfdoshlari esa uning surati tushirilgan futbolkalarni kiyib oldilar hamda sharlardan uning ismini tuzib chiqishdi. Musiqali shou g‘olibasini ustozlari tabriklab, uni gullarga burkab tashladilar.
Sabina Mustaeva «Golos. Deti» musiqali shousining 2-mavsumi g‘olibasi bo‘ldi. U shouning finalida Aerosmith guruhining “Crazy” qo‘shig‘ini ingliz tilida ijro etib, teletomoshabinlar ovozining 40 foizdan qo‘prog‘ini to‘pladi. Sabinaga loyihada rossiyalik taniqli prodyuser Maks Fadeev ustozlik qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi