«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Manchester derbisi arafasida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
«Arag Mourino meni o‘yindan keyin birga ichishga taklif etsa, men buni bajonidil qabul qilaman. Men ko‘p marta aytganman, unga hamisha hurmat bilan qaraganman. Hamisha o‘z hamkasblarimdan, raqiblarimdan o‘rganishga harakat qilaman. Men Mourinodan ham o‘rganganman. Joze Bobbi Robson bilan ishlaganida mening murabbiyim edi.
Madriddagi oxirgi uchrashuvimiz, men o‘shanda «Barselona» bosh murabbiyi edim, oddiy bo‘lmagandi. Lekin biz Mourino bilan 2-3 hafta oldin premer-liga murabbiylari uchrashuvi vaqtida ko‘rishdik va ozroq gaplashdik. Men o‘shanda Ronald Kuman va Toni Pulis bilan ham suhbatlashdim. Barchasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. Bizning dushmanlarcha raqibligimiz haqidagi gaplarni jurnalistlar o‘ylab topishgan», – degan murabbiy.
«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi derbi bahsi 10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”