Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan tashkil etilgan radioaloqa bo‘yicha Butunjahon seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar ishida turli mamlakatlardan kelgan 450 dan ortiq delegat, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Seminarning o‘tkazilish vaqti (12—16 dekabr) XEI radioaloqa reglamenti (xalqaro shartnoma) qabul qilinganining 110 yilligiga to‘g‘ri keldi, shu sababli uning birinchi kuni mazkur sanaga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida XEI tarixi va tutgan o‘rni, mazkur tashkilotning radioaloqa sektori, reglament moddalarini radioaloqaning turli xizmatlari uchun qo‘llashga oid ma’ruzalar tinglandi.
Tadbirning asosiy qismi XEIda quruqlikdagi va sun’iy yo‘ldosh chastotalari o‘zlashtirilishi notifikasiyasi shakl va jarayonlari, radioaloqa byurosi taqdim etadigan TerRaSys, TerRaNV, TerRaQ, TerRaNotices kabi dasturiy mahsulotlardan foydalanishga bag‘ishlandi.
Shuningdek, 2019 yilda bo‘lib o‘tadigan Butundunyo radioaloqa anjumaniga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi