Ko‘pchilik kuniga 8—10 soat davomida kompyuterda ishlaydi. Bu holat inson organizmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun mutaxassislar ko‘zni kompyuter ekranining zararli ta’siridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqishni maslahat berishadi.
Ko‘zoynaklarning foydasi nimada?
Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynak linzalariga ko‘zni ekranning elektromagnit nurlanishlaridan va boshqa zararli ta’sirlardan himoya qiluvchi maxsus ishlov beriladi.
Ko‘zoynaklar nima uchun kerak?
– Ko‘zga tushadigan bosimni kamaytiradi
– Ekranning “pikselligi”ni yo‘qotadi
– Ko‘rish qobiliyatini tez yo‘qotishdan himoya qiladi
– Ko‘z charchashini kamaytiradi
– Ko‘z gavharini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi
Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynakni ishingiz turiga qarab tanlang. Agar siz har doim matnlar bilan ishlasangiz, kontrastni kuchaytiruvchi ko‘zoynakni tanlaganingiz ma’qul. Agar siz grafika bilan shug‘ullansangiz ranglarni yaxshiroq ko‘rsatuvchi ko‘zoynaklarni tanlasangiz ham bo‘ladi.
Ko‘zoynak sotib olishdan oldin mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing. Shifokor ko‘zingizning ko‘rish holatiga qarab sizga qanday ko‘zoynak zarurligi to‘g‘risida maslahat beradi.
Sifatli ko‘zoynaklar arzon turmaydi. Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarning boshlang‘ich narxi 50 ming so‘m bo‘lib, ko‘zoynak linzasini ishlab chiqaruvchi va gardishining tannarxiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Eng sifatli ko‘zoynak linzalari Germaniya, Shveysariya va Yaponiyada ishlab chiqariladi.
Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarni to‘g‘ri tanlaganingizni qanday bilish mumkin? Agar kun bo‘yi ko‘zingizda toliqish sezmasangiz – demak, ko‘zoynakni to‘g‘ri tanlagansiz. Agar qandaydir noqulaylik, ko‘zingizda og‘riq va qichishish sezsangiz, demak, ko‘zoynakni noto‘g‘ri tanlagansiz yoki sizga sifatsiz ko‘zoynakni sotishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi