Germaniyada 12 yoshli bola otasining yuk mashinasini olib qochib, yo‘ldan do‘stini olib, uyidan 200 km uzoqlikda yashovchi bobo va buvisinikiga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
8 sentyabrda Saksoniyadagi Xemnis shahri yaqinida ikki o‘g‘il bola ota-onasi polisiyaga o‘z farzandlarining yo‘qolib qolganini ma’lum qilishgan. Polisiya hisobotiga ko‘ra, "mahalliy polisiya hamda bavariyalik polisiyachilar tomonidan zudlik bilan tegishli choralar ko‘rilgan".
Aniqlanishicha, ikki do‘st qo‘shni Bavariya shimolidagi Bamberg shahriga bobo va buvilarinikiga yo‘l olishgan. Ular 209 km yo‘l bosib, manzilgacha hech qanday ko‘ngilsizliklarsiz etib kelishgan. Bolalar ota-onalari bilan gaplashgach, ularga bobolarinikida tunni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘ylanmasdan qilingan ish bo‘lmagan, chunki mashinani olib qochgan bola o‘zining bu rejasidan ota-onasini xabardor qilgan, biroq ko‘rinishicha, ota-ona farzandining gaplariga ishonmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi