«Barselona» hujumchisi Neymar 2016 yilgi «Oltin to‘p» sovriniga kim loyiqligi haqida fikrlarini aytdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
«Kim g‘olib chiqishini bilmayman. Men uchun bu sovringa munosib bitta nomzod bor - bu eng yaxshi o‘yinchi, ya’ni Messi. Agar futbol va o‘yin sifati borasida gapirsak, bu Leo.
Ronaldu - juda kuchli futbolchi. Men Ronalduni qattiq hurmat qilaman, ammo «Oltin to‘p»ga Messi munosib deb o‘ylayman», - deya Neymarning so‘zlarini keltirgan Gol telekanali sayti.
Ayni vaqtda bu mukofot uchun Ronaldu va Messidan tashqari, Antuan Grizmann da’vogar.
Bundan oldinroq nashrlarda «Oltin to‘p» Ronalduga topshirilishi, uning o‘zi ham bu haqda xabardor qilingani haqida aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yildan yilning eng yaxshi futbolchisiga «Oltin to‘p» France Football topshiriladigan bo‘ldi.
France Football jurnali 1956 yildan boshlab «Oltin to‘p» mukofotini eng yaxshi futbolchiga topshirib kelgan edi. 1988 yilda esa FIFA «Yil futbolchisi» mukofotini joriy etdi.
2010 yilda jurnal tahririyati va FIFA besh yillik shartnoma imzolagan edi. Unga ko‘ra, FIFA milliy terma jamoalarning murabbiylari, sardorlari va OAV vakillari ovozi orqali «Oltin to‘p» mukofotini topshirib borishi ko‘zda tutilgan edi.
«Oltin to‘p» mukofotini FIFA topshirishni boshlaganidan buyon unga faqatgina ikki futbolchi — «Barselona» hujumchisi Lionel Messi (2010, 2011, 2012, 2015) hamda «Real» etakchisi Krishtianu Ronaldu (2013, 2014) qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi