Rossiyalik olimlar ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan dunyodagi birinchi darslikni takomillashtirish ustida ish olib borishmoqda. TASS'ga asoslanib Terabayt.uz bergan axborotga ko‘ra, Tyumen davlat universitetining xodimlari bir vaqtning o‘zida o‘quvchi va o‘qituvchiga xizmat qiladigan, internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladigan modulli qurilmani yaratishgan.
Mexanizmga “SIOLL” (ingliz tilidagi “See all”) nomi berilgan bo‘lib, undagi modullar o‘zaro simsiz aloqa yordamida bog‘lanadi. Ko‘zi ojiz yoki yaxshi ko‘rmaydigan insonlar uchun o‘rganish jarayonini maksimum darajada qulay qilish mazkur qurilmani yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.
Tizim ko‘zi ojiz insonlarga o‘qish va yozish ko‘nikmasini samarali hosil qilish, matnni yuborish va saqlash, shuningdek, masofadan turib topshiriqni tekshirishga yordam beradi.
“Foydalanuvchi flesh-modulni darslikka kiritgach, dastur axborotni Brayl shriftiga o‘girishni boshlaydi. Shundan keyin ma’lumot Brayl shriftida “O‘qish” bo‘limiga chiqariladi. Maxsus grifel esa ko‘zi ojizlarda yozish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun alohida bo‘lmada matn terish imkoniyatini taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.
Shubhasiz, bunday texnologiyalar ko‘zi ojiz odamlarning yanada samarali ravishda ma’lumot o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”