5 943
Samsung Galaxy Grand Prime+ Mediatek prosessorida ishlaydigan ilk Samsung cmartfoni bo‘lishi mumkin
O‘tgan oyda Janubiy Koreyaning Samsung Electronics va Xitoyning Mediatek kompaniyalari o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishishdi. Kelishuv natijasiga ko‘ra Xitoyning Mediatek firmasi koreyalik gigantga prosessorlar etkazib berishi tasdiqlangan.
Yaqinda turli benchmarklarda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avloddagi Galaxy Grand Prime+ modeli Samsung’ning Mediatek prosessorida ishlaydigan ilk smartfoni bo‘lishi kutilmoqda. Antutu’da mazkur smartfon haqida berilgan tafsilotlarda Mali-T720 rusumidagi grafik adapter o‘rnatilgan MediaTek MT6737T prosessori ko‘rsatilgan.
Antutu’da keltirilgan axborotda Galaxy Grand Prime+ telefoni 5,5 dyuymli aniqligi 960 x 540 piksel bo‘lgan ekran, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘lishi yozilgan. Shuningdek, smartfonga 8 MPli asosiy va 5 Mpli old kamera modullari o‘rnatiladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan 3 hafta oldin Geekbench benchmarkida ham mazkur smartfonga qarashli ayrim tafsilotlar ma’lum qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi