21 oktyabr kuni Google kompaniyasi Microsoft va Adobe firmalariga Windows operasion tizimidagi jiddiy himoya bo‘shliqlari haqida xabar qilgan. Oradan besh kun o‘tgach, Adobe CVE-2016-7855 kodi ostida Flash dasturini yangilab, o‘z raqibi tarafidan ma’lum qilingan zaif nuqtani bartaraf qildi. Microsoft esa ushbu xabar yuzasidan hech qanday izoh bermagan. Shunday keyin Google o‘z blogida Windows operasion tizimidagi ushbu himoya bo‘shlig‘i haqida barcha foydalanuvchilarni ogohlantirgan, deyiladi Terabayt.uz sayti xabarida.
Windows’dagi zaif nuqta bevosita operasion tizimning yadrosida joylashgan bo‘lib, himoya tizimini buzib kirishga imkon yaratishi mumkin. Unga win32k.sys yordamida NtSetWindowLongPtr() tizim chaqiruvi orqali kirish mumkin. Google blogida yozilishicha, Chrome brauzeri Windows 10 dasturida win32k.sys tizim chaqiriqlarini bloklash orqali ushbu zaiflikning oldini olmoqda.
VentureBeat mutaxassislarining qayd qilishicha, mazkur himoya bo‘shilig‘ini bartaraf etish uchun Microsoft’ga qo‘shimcha vaqt kerak. Ungacha esa kuchli himoya uchun Windows 10 operasion tizimi va Microsoft Edge brauzeridan foydalanish tavsiya etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi