Xiaomi kompaniyasi hoshiyasiz Mi Mix smartfoni sotuvi boshlanganidan so‘ng 10 soniya ichida birinchi partiya mahsulotni sotishga ulgurdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Bu Xitoy ishlab chiqaruvchisi uchun rekord natija hisoblanadi.
Xitoyda Mi Mix sotuvi 4 noyabr kuni, mahalliy vaqt bilan 10:00da boshlandi. Oradan o‘n soniya o‘tib, barcha smartfonlar sotib bo‘lindi. Qolgan xaridorlarga esa SMS orqali qurilma tugagani to‘g‘risida ma’lum qilindi. Xiaomi kompaniyasining Mi Note 2 qurilmasi 50 soniya ichida sotib tugatilgan edi.
Mi Mix oktyabr so‘ngida taqdim etilgandi. U 2040 x 1080 pikselli 6,4-dyuymga ega displeyga ega bo‘lib, chetlari hoshiyasiz tarzda ishlangan. Displey old panelning 90 foiz qismini egallagan. Qurilma, shuningdek, 2,35 gigagersli, to‘rt yadroli Snapdragon 821 prosessori bilan ta’minlangan. Smartfon korpusi keramikadan ishlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
O‘zbekistonga qaytib kelayotgan mehnat migrantlari haqida ma’lumot berildi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi