29 oktyabrda Islandiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylovlarda g‘alabaga 4 yil avval tuzilgan Piratlar partiyasi da’vogarlik qilmoqda.
Qolgan piratlar kabi islandiyalik piratlar ham to‘liq erkinlik va ochiqlikni ilgari surishadi. Piratlar partiyasi saylovlarga borayotgan siyosiy dasturining bosh qismi mamlakat konstitusiyasini unga milliy darajada istalgan qarorni qabul qilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya me’yorlarini kiritish maqsadida o‘zgartirishdan iborat. Unga ko‘ra ko‘pchilik amaldorlar ishdan bo‘shatiladi, Islandiyada barcha masalalar bevosita uning aholisi tomonidan turli darajadagi referendumlar orqali hal qilinadi. Kim mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmasa, u davlatni boshqarishda "cheklanmagan huquqlar"ni oladi. U yoki bu masala bo‘yicha ovoz berish internet orqali amalga oshirilishi ehtimoli katta. Fuqarolar maxsus dastur yordamida hattoki qonun loyihalarini ham taklif qilishlari mumkin bo‘ladi. Jamoatchilik orasida etarlicha qo‘llab-quvvatlov olgan qonun loyihalari ovoz berishga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, partiya dasturiga to‘liq so‘z erkinligi va axborotni hech qanday cheklovlarsiz tarqatish, internetda mualliflik huquqlari institutini yo‘q qilish, giyohvand moddalarni dekriminallashtirish, baliqchilik va bank tarmog‘ini nazorat qiluvchi juda boy fuqarolar doirasiga soliqlarni oshirish kabilar kiritilgan. Baliqchilik esa umuman aholi nazoratiga berilmoqchi, chunki Islandiyada bu soha milliy boylik hisoblanadi.
Piratlar, shuningdek, mamlakat byudjetini to‘liq oshkor qilishni rejalashtirmoqdalar va Evropa Ittifoqiga qo‘shilishga shoshmayaptilar.
Agar Piratlar partiyasi g‘olib bo‘lsa, unda butun dunyo amaldor va deputatlarsiz boshqariluvchi birinchi davlatni ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Manba: kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi