Oq uy rasmiy vakili Jon Ernest Vashington Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan sanksiyalar kiritmaganiga izoh berdi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar bermoqda.
"Sanksiyalar kiritish siyosatiga ko‘ra, xorijiy davlatlar etakchilari faqatgina ma’lum bir holatlardagina qora ro‘yxatga tushadi", - dedi Ernest.
Jurnalistlar Oq uy vakilidan AQShning 2015 yilda hukumat kompyuter tizimlariga uyushtirilgan kiberhujumlarga keskin javob choralari ko‘rilmagani yuzasidan izoh berishni so‘rashdi. O‘shanda Vashington bunda Xitoyni ayblagan hamda o‘z xodimlarini ularning shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan, xolos.
"Bu har ikki hodisa bir-biridan farq qiladi", - javob berdi Ernest.
AQSh razvedka hamjamiyatiga kiruvchi bir qator maxsus xizmatlar rossiyalik xakerlar saylovoldi kampaniyasi vaqtida mamlakat siyosiy tashkilotlari kompyuter tizimiga hujum qilishgani haqida ma’lum qilishgan. Bu Donald Trampga g‘alaba qozonishida yordam berish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Rossiyaning xakerlik hujumiga aloqadorligi yuzasidan esa bironta dalil-isbot keltirmadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kompyuter tizimlarini buzib kirish haqida to‘xtalib, taqdim etilgan ma’lumotlarda Rossiyaga aloqador jiddiy hech narsa yo‘qligini aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»