«Golos. Deti» loyihasining ikkinchi mavsumida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik 14 yoshli Sabina Musaeva 20 aprel kuni Rossiya Birinchi kanalining «Vecherniy Urgant» ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi, deb yozadi Daryo nashri.
Boshlovchi Ivan Urgantning savollariga ham hazilomuz tarzda, ham samimiy javob qaytargan Sabina ko‘pchilik muxlislarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
«Tanlovdan chetlatishgach, Toshkentga qaytib ketdim. Maktabga bordim, meni bunchalik qo‘llab-quvvatlashlarini kutmagandim. Hamma ajoyib qatnashganimni aytdi. Do‘stlarim ko‘paydi. Bir kuni oqshomda oyim chaqirib, menga finalga chiqish uchun qo‘shimcha saralashda qatnashish imkoni berilgani haqidagi xatni o‘qib berdi. Uzoq vaqt bunga ishonmagandim. Keyin Moskvaga keldik hamda Maksim Fadeev va jamoamiz bilan uchrashdik.
Qo‘shiqchi bo‘lishga taniqli saksofonchi bo‘lgan bobom yordam bergan. Ilk marta ikki yoshimda arg‘imchoq uchayotib kuylaganman va ovozimni eshitib hayron qolishgan. 11 yoshimdan musiqa maktabiga borganman. Dastlab Merilin Monro qo‘shig‘ini aytgandim, keyin repertuarni o‘zgartirdim. Superyulduz bo‘lishni rejalashtiryapman. Qo‘limdagi bilaguzukni omad keltiradi deb buvim bergan», − dedi Sabina. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?