Xabaringiz bor, Zo’r TV telekanali orqali turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sevgi iztiroblari” seriali berib kelinayotgan edi. Ushbu serial mazmuni, u tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmagani uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda serial qattiq tanqid ostiga olingan turli materiallar va chiqishlar e’lon qilindi.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, kuni kecha bo‘lib o‘tgan xotin-qizlar masalasida o‘tkazilgan majlisda Respublika bosh vaziri Abdulla Aripov ham aynan ana shu serialga to‘xtalib, oilalardagi ma’naviy muhit buzilayotgan, ajrashishlar ko‘payayotgan bir paytda bu kabi saviyasi past seriallarni namoyish etishni qattiq tanqid qilgan. Kun.uz sayti manbalariga tayanib yozishicha, “Sevgi iztiroblari” seriali namoyishi to‘xtatilgan. Ushbu serialning so‘nggi qismi bugun, 16 fevral kuni namoyish etildi.
Ushbu serial qahramonlariga ovoz bergan aktyorlardan biri Alisher Uzoqov Instagram’dagi o‘z sahifasida serial namoyishi telekanaldan olib tashlanayotganiga ishora bergan. “Bugun so‘nggi marotaba qahramonlaringizni ko‘rib qoling...”, deb yozadi aktyor.
Umid qilamizki, shaxsiy telekanallar serial tanlashda va namoyish qilishda yanada e’tiborliroq bo‘lishadi. O‘zbek ma’naviyatiga, qadriyatlariga mos, tarbiyaviy ahamiyati kuchli seriallar tanlashadi. Zero yuqoridagi serialni yarmida to‘xtatgan bilan uning aksariyat “muxlislari” bozorlarga disk izlashga tushishsa ajab emas. Bu esa boshqa mavzu... “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi