18:44 / 16.02.2017
6 868

Germaniyadagi chiqindixonada portlamay qolgan bomba topildi

Germaniyadagi chiqindixonada portlamay qolgan bomba topildi

Kecha, 15 fevral kuni Ikkinchi Jahon urushi davridan beri portlamay qolgan bomba tasodifan butun Germaniya bo‘ylab aylanib chiqib, Kyolndagi chiqindilarni qayta ishlash hududidan topildi.

Polisiyaning ma’lumotiga ko‘ra, bombaning uzunligi bir metr atrofida va diametri 40 sm. U Doysen shahridan Kyolnga keltirilgan. Bu masofa taxminan 480 kilometrni tashkil etadi.

Hududning 100 metr radiusidagi taxminan 600 ta kishi bexatar joyga ko‘chirildi. Keyin, sapyorlar bombani zararsizlantirishga kirishdi.

Ma’lumot uchun, bundan avval ham Gresiyaning Saloniki hududlaridan Ikkinchi Jahon urushida otilmay qolgan 250 kilogramli aviabomba topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyadagi chiqindixonada portlamay qolgan bomba topildi