Evropa ittifoqi BMT Xavfsizlik Kengashi qaroriga muvofiq, Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
«2017 yilning 27 fevral kuni Kengash KXDRga yangi cheklov choralarini qo‘llovchi normativ aktlarni qabul qildi. Bu aktlar BMT Xavfsizlik Kengashining 2016 yil 30 noyabrdagi 2321 (2016) rezolyusiyasi bilan kiritilgan yangi cheklov choralarini nazarda tutadi», - deya ta’kidlanadi bayonotda.
Xabar qilinishicha, choralar “KXDRdan ko‘mir, temir va temir rudasi savdosi, shuningdek mis, nikel, kumush, rux va ushbu mamlakatlardan yodgorliklarni import qilishga taqiqni” ham qamrab oladi.
Bundan tashqari, Shimoliy Koreyaga yangi vertolyot hamda kemalar eksportiga ham cheklovlar qo‘yilgan bo‘lib, shuningdek, KXDRlik diplomatik missiyalar va diplomatlar Evropa ittifoqida bittadan ortiq bank hisob raqamini ochishlari mumkin emasligi belgilab qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
O‘zbekistonga qaytib kelayotgan mehnat migrantlari haqida ma’lumot berildi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi