Bugun, 21 aprel kuni Afg‘onistonning Balx provinsiyasi ma’muriy markazi Mozori Sharifda joylashgan qurolli kuchlar korpusiga qurollangan bir guruh kimsalar hujum qilishdi. Jangarilar shtab hududiga kirishga urinishgan. Mazkur voqea oqibatida Afg‘oniston milliy armiyasining 8 nafar harbiysi vafot etdi. O‘ndan ortiq ofiserlar va askarlar yaralanishdi.
Balx provinsiyasi O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lib, Afg‘onistonning eng tinch hududlaridan biri hisoblanar edi.
Mahalliy OAVlarda yozilishicha, kunning ikkinchi yarmida jangarilardan biri granatomyotdan shtab tomon o‘q uzgan. Keyin yana 3 bosqinchi polisiya mashinasida harbiy hududga kirib, atrofga qarata avtomat quroldan o‘q uzishni boshlagan.
Afg‘oniston Mudofaa vaziri Davlat Vaziriyning aytishicha, jangarilarning biri qo‘lga olingan, 2 nafari javob o‘qi tufayli jon bergan. Mazkur bosqinchilik harakatini “Tolibon” jangarilari amalga oshirgani aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi