Rossiyaning Kabardino-Balkariyasining Baksan tumani, Zayukovo qishlog‘ida yashovchi Nanu Shaova 127 yoshga to‘ldi. Momo Rossiyaning eng keksa insoni sifatida Rossiya rekordlar kitobiga kiritildi.
"Rossiya rekordlar kitobi bosh muharriri Stanislav Konenko Nanu Sukovna Shaovaga u eng uzoq umr ko‘rgan inson ekanligi haqidagi sertifikatni topshirdi va bu jahon rekordi ham hisoblanishini aytdi", deyilgan xabarda.
Momoni mahalliy idoralar vakillari tabriklashdi va unga mustahkam sog‘liq, g‘ayrat, o‘z oilasi davrasida yana ko‘plab yillar yashab, yana bir necha rekordlar qo‘yishni tilab qolishdi.
"Nanu Shaovagacha Rossiyaning eng keksa insoni unvoni Astraxan viloyatida yashovchi Tanzila Bisembeevaga tegishli edi, u bu yil 121 yoshga kiradi", deb qo‘shimcha qilindi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi